Raqamlashtirishning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni O’zbekistonda davlat ishtirokidagi kompaniyalar iqtisodiyotning anchagina ulushini egallaydi. SHuning uchun ularni raqamlashtirish mamlakat YaIM o’sishiga bevosita ta’sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, davlat sektorining raqamli transformatsiyasi O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning muhim drayverlaridan biri bo’la oladi.
Misol uchun, «Raqamli Qozog’iston» davlat dasturini ko’rib chiqish mumkin. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, uni amalga oshirishdan jami iqtisodiy samaradorlik 2018-2019 yillarda 2 mlrd. AQSH dollaridan ko’proqni tashkil etdi. Mana shuning o’zi axborot texnologiyalarini yoppasiga joriy etish foydasiga salmoqli dalil bo’la oladi, nazarimda.
Bu borada O’zbekiston va jahon darajasi Jahonda raqamli transformatsiya hali davom etmoqda. Hatto ilg’or mamlakatlarda ham bu jarayon tugallanmagan va raqamlashtirish darajasi tarmoqdan tarmoqqa qadar juda kuchli o’zgarib boradi. Ba’zi sohalar allaqachon ATning anchagina ta’siriga uchragan (moliyaviy xizmatlar, telekommunikatsiyalar, reteyl (chakana savdo), media sektori), boshqalari esa bu yo’lning boshida turibdi va raqamli texnologiyalarni ayrim jarayonlargagina (neft-gaz va tog’-kon tarmog’i, qishloq xo’jaligi, mudofaa sanoati) joriy etmoqda. Bu bilan birinchilardan bo’lib jadal transformatsiyalash ular uchun raqobatbardoshlilikning garovi bo’lgan korxonalar shug’ullana boshladilar.
Biz iste’molchilarning ehtiyoj va talablari doimiy ravishda o’sib borayotgan davrda yashayapmiz. AT va venchur moliyalashtirish innovatsion biznes modellariga ega bo’lgan bozor ishtirokchilarining bozorga chiqishini yengillashtirdi. Internetning barcha yerda tarqalishi esa raqamli servislarning paydo bo’lishiga imkon berdi.
O’zbekistonda, menimcha, banklar, telekommunikatsiya va sug’urta kompaniyalari boshqalarga qaraganda ancha faolroq raqamli transformatsiyaga o’tmoqda, chunki ularda daromadlilikning muhim ko’rsatkichlari texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etishga bog’liq. Yana aytish mumkinki, avtomatlashtirishning ahamiyatini OKMK va NKMKda ham yaxshi tushunishadi.