V bob. UYG‘ONISH DAVRI 0 ‘RTA OSIYONING IQTISODIY
G‘OYALARI
Islom iqtisodiy g'oyalari 0 ‘rta Osiyo allomalarining iqtisodiy tafakkuri
rivoji manbayi bo‘lib qoldiki,
bu Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf
Xos Hojib,
Nizomulmulk, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur va
boshqa ko‘plab mutafakkirlar ijodida o‘z ifodasini topdi.
I.
Abu Nasr Forobiyning iqtisodiy g‘oyalari
Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sino
iqtisodiy merosi markazida
inson va uning ehtiyojlarini qondirish masalasi turadi. Zero, yuqorida
aytilganidek, inson bu dunyoning oliy n e’mati va uning ehtiyojlarini
qondirish har qanday jamiyatning yashash va rivojlanish shartidir. Albatta,
inson ehtiyojlari turli-tuman va doimiy o ‘sib boruvchidir.
Odamlar
ehtiyojlarini iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, m a’naviy
guruhlarga ajratish
mumkin. Ammo inson ehtiyojlari ichida ustuvor o‘rinda iqtisodiy-ijtimoiy
ehtiyojlarni qondirish turadi.
Abu Nasr Forobiy buyuk ajdodlarimizdan biridir. U ilm-fan tarixiga
Sharqning buyuk faylasufi, Sharq Arastusi,
Sharq Aflotuni kabi mashhur
nomlar bilan muhrlangan. Uning iqtisodiy va boshqa ijtimoiy qarashlari
Arastu va Aflotun asarlarini tushuntirishga qaratilgan bir qancha asarlarida
bayon etilgan, jumladan, uning iqtisodiy dunyoqarashi
Dostları ilə paylaş: