21
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
I BO‘LIM
Gullamaydigan yuksak
o
‘
simliklar.
10- rasm.
Qirqquloq
Mamont
daraxti
Plaun
Yo‘sin
o‘simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati.
o‘simliklar
qoplami biosferada hayotni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi.
U Yerning
gazlar almashinuvi,
suv muvozanati, iqlimiga ta’sir etadi, tuproqning hosil
bo‘lishida ishtirok etadi. Uni turli ta’sirlar oqibatida yemirilishdan saqlaydi.
Hayvonot dunyosining yashashini belgilab beradi. o‘simlik
biologik doirada
moddalar ning aylanishida ya’ni, atmosfera-tuproq-tirik organizm tizimida
faol ishtirok etadi. o‘simliklar atrof-muhit tozaligini saqlashda nihoyatda katta
ahamiyatga ega. Biroq o‘simliklar muhitning ifloslanishi
tufayli zararlanib
boradi. Buning uchun o‘simliklarni zaharli moddalardan himoyalashning
chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak.
o‘simliklar dunyosi turli xomashyolar (oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor,
qurilish materiallari va hokazolar) manbaidir.
Inson qadimdan yovvoyi
o‘simliklardan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanib kelgan. Natijada
tabiiy o‘simliklar qoplami doimo buzilgan, foydali o‘simliklarning zaxiralari
esa kamayib borgan (22- betdagi 11- rasm).
Hozirgi davrdagi eng katta muammolardan biri tabiatni muhofaza qi-
lish va uning zaxiralaridan oqilona foydalanishdir. Ushbu muammo ayrim
davlatlar
hududida emas, balki barcha mamlakatlar tomonidan hal etilishi