A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

elektron mikroskop. Hozirgi davrda ko‘rish qobiliyati eng yuqori his-
oblangan asboblardan biri elektron mikroskopdir. Ular tasvirni 200 000 
martagacha kattalashtirib beradi. Bunda o‘rganilayotgan obyektning tasviri 
yorug‘lik nurlarida emas, balki elektronlar oqimi yordamida hosil qilinadi. 
Elektron mikroskop yordamida hujayraning o‘ta nozik tuzilmalarini 
aniqlash imkoni mavjud. Uning yordamida ribosomalar, endoplazmatik 
to‘r, mikronaychalar kashf etilgan. Keyingi yillarda elektron mikros-
kopning takomillashtirilishi natijasida uch o‘lchamli tasvirlar, ya’ni struk-
turalarning fazoviy tasvirlarini olishga muvaffaq bo‘lindi. 
Hujayra tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalarni aniqlash uchun 
sitokimyoviy (sitos-hujayra) usullaridan keng foydalaniladi. Buning 
uchun turli xil bo‘yoqlar ishlatiladi. Ular yordamida hujayra tarkibidagi 
oqsillar, nuklein kislotalar, yog‘lar, uglevodlarni aniqlash mumkin. 
Tirik organizmlarning organ va to‘qimalarini maydalab (bir xil massa 
hosil bo‘lguncha), ulardan sentrifugalash usuli yordamida hujayraning or-
ganoidlarini ayrim-ayrim holda (yadro, xloroplast, mitoxondriya, riboso-
ma) ajratib olinadi va ularning xususiyatlari o‘rganiladi.


36
HUJAYRA HAQIDAGI TA

LIMOT
II BO‘LIM
Barcha tirik organizmlar hujayraning tuzilishiga ko‘ra ikkita katta 
guruhga bo‘linadi: yadrosiz organizmlar — prokariotlar va yadrolilar — 
eukariotlar. Prokariotlar guruhiga barcha bakteriyalar va ko‘k-yashil suv 
o‘tlari (siano bakteriyalar), eukariotlar guruhiga esa zamburug‘lar, o‘simlik 
va hayvonlar kiradi. Shunday qilib, hozirgi davrda hujayralar tuzilishiga 
ko‘ra ikkita sohaga ajratilgan va tegishli ravishda ikki yirik guruh: 
proka-
riot
va 
eukariotlar
deb ataladi.
Prokariot organizmlar azaliy xususiyatlarni o‘zida saqlab kelmoqda. 
Ya’ni ular juda sodda tuzilishga ega. Shu asosga ko‘ra ular alohida olamga 
ajratilgan.
Eukariot hujayralarda qo‘shqavat qobiq bilan o‘ralgan yadro, murak kab 
tuzilishga ega bo‘lgan «quvvat stansiya»lari — mitoxondriyalar; o‘simliklar-
da bulardan tashqari yana xloroplastlar bo‘ladi. 

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin