A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


 Akvarium devori yoki boshqa ko‘lmak suv tubidagi suv o‘tlari hosil qilgan  yupqa pardani nina yordamida oling. 2



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

1. Akvarium devori yoki boshqa ko‘lmak suv tubidagi suv o‘tlari hosil qilgan 
yupqa pardani nina yordamida oling.
2. Undan preparat tayyorlab mikroskopning avval kichik, so‘ngra katta 
obyektivlarida kuzating.
3. Yupqa parda ingichka ko‘p hujayrali iplardan tashkil topganiga e’tibor 
bering.
4. Ipchalar ko‘k-yashil rangda bo‘lib ularning tebranayotganligini kichik va 
katta obyektivlarda kuzating.
5. Katta obyektivda har bir ipcha bir xildagi mayda yadrosiz va
xloroplastsiz hujayralardan tuzilganligiga e’tibor bering.
6. Hujayraning o‘rta qismi rangsiz va chekkalari esa pigmentlardan iborat biroz
to‘qroq rangda ekanligini kuzating.
Hayvonlarning ko‘payish turlari
Hayvonnig nomi
Ko‘payish turi
2. Ko‘k-yashil suv o‘tini mikroskopda ko‘rish
1. Pichan tayoqcha bakteriyasini mikroskopda ko‘rish
8- §. 1- laboratoriya mashg‘uloti


III bob 
Sitologiya — hujayra haqidagi fan
9- §. Hujayrani o‘rganish tarixi va hujayra nazariyasi
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
Sitologiya — hujayra haqi dagi fan
Hujayraning tuzilishi va 
funksiyasi
II
 
BO‘LIM
3 — 
Biologiya, 9- sinf.
Tirik organizmlarning ichki tuzilishini o‘rganish mikroskopning kashf 
etili shi bilan bog‘liq. 1665- yilda ingliz olimi Robert Guk daraxt po‘st-
log‘idagi po‘kak to‘qimadan yupqa kesmalar tayyorlab mikroskop yor-
damida kuzatganda ajoyib yangilikni kashf etdi. U daraxtning po‘stlog‘i 
bir xil massadan iborat bo‘lmay, balki juda mayda bo‘shliqlardan ya’ni, 
katakchalardan iborat ekanligini aniqladi. Bu mayda bo‘shliqlarni R. Guk 
«sellula» (katakcha, uyacha, hujra) deb atadi. «Hujayra» atamasi ham shu 
ma’noga ega. Keyinchalik bir qator olimlar har xil o‘simlik va hayvonlar-
ning to‘qimalarini mikroskop yordamida tekshirib, ularning hammasi ham 
hujayralardan tashkil topganini aniqladilar. Masalan, gollandiyalik olim 
A. Levenguk 1680- yilda qondagi qizil qon tanachalari — eritrositlarni 
o‘rganadi. Uzoq vaqt davomida hujayraning asosiy qismi uning tashqi qobig‘i 
deb hisoblangan. Faqat XIX asrning boshlarida olimlar hujayra qandaydir 
suyuq-roq modda bilan to‘ldirilgan degan xulosaga keladilar. 1831- yilda 
ingliz botanigi B. Braun hujayralarda yadro mavjudligini aniqlaydi. Chex 
olimi Ya. Purkine 1839- yilda hujayra tarkibidagi suyuqlikni 
protoplazma
deb atashni taklif etadi.
Shunday qilib, XIX asr boshlarida o‘simlik va hayvon organizmlari hu-
jayralardan tashkil topgan degan xulosa vujudga keladi. 1838 —1839- yillarda 
nemis olimlari: botanik M. Shleyden va zoolog T. Shvann o‘sha vaqtgacha 
fanda to‘plangan ma’lumotlarga tayanib hujayra nazariyasining asosini yarat-
dilar. Ke yinchalik hujayra nazariyasi juda ko‘p olimlar tomonidan rivojlan-
tirildi. Nemis shifokor olimi R. Virxov, hujayrasiz hayot yo‘qligini, hujayra-
ning tarkibiy qismi yadro ekanligini va hujayra faqat hujayradan ko‘payishini 
isbotlab berdi. Mikroskop texnikasining yanada takomillashtirilishi, elektron 



Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin