A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

28
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
I BO‘LIM
rag‘ayzorlarda va daraxt kesilgan maydonlarda lishayniklar yaxlit qoplam 
hosil qiladi. Bunda kladoniyaning (Cladonia) bir necha turlari qatnashadi. 
Daraxt po‘stlog‘ida soqolli usneya (Usneya barbata), tas masimon everniya 
(Evernia prunastri)lar yashil-sarg‘ish hamda tilla rang — (Xantoria parien-
tina) sariq qoplam hosil qiladi.
Lishayniklarning kimyoviy tarkibi ham birmuncha murakkab. Ularda 
xitin moddasi, lishaynik kraxmali deb ataladigan lixenin, disaxaridlardan 
saxaroza, turli fermentlar, masalan: amilaza, ko‘plab aminokislotalar, vi-
taminlardan esa C, B
6
, B
12
kabilar uchraydi.
Lishayniklarning kishilar hayotidagi ahamiyati katta. Ular shimol 
bug‘ulari uchun yem-xashak sifatida ishlatiladi. Lishayniklardan ajra-
tib olin gan ekstarktlar atir-upa mahsulotlariga, kosmetika mahsulot-
lariga o‘ziga xos hid berish uchun foydalaniladi. Cho‘llarda uchray-
digan lishaynik-manna iste’mol qilinadi. Ular unumsiz cho‘llarda, qoya 
toshlarda paydo bo‘lib, tog‘ jinslarining yemirilishiga yordam beradi. 
Lishayniklar qurib qolganidan keyin chirib chirindi hosil qiladi. Yemiril-
gan tog‘ jinslari va shu chirindidan yupqa tuproq qatlami hosil bo‘ladi.
Yopishqoq
batsidiya
Bargsimon 
parmeliya
Butasimon
kladoniya
 Lishayniklarning shakllari.
18- rasm.
Soqolli
usneya


29
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
I BO‘LIM
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
Zamburug‘lar qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?
Gifa, mitselliy va meva tanalar nima?
Zamburug‘lar qanday usullarda ko‘payadi?
Tuban va yuksak zamburug‘lar bir-birlaridan qanday farq qiladi?
Achitqi zamburug‘idan foydalanish qanday jarayonga asoslangan?
Qo‘ziqorin zamburug‘ining taraqqiyot davri qanday o‘tadi?
Parazit zamburug‘larning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Lishayniklarni qanday organizm deb hisoblash mumkin?
Simbioz hayot kechirishning ahamiyati qanday?
Lishayniklar qanday sharoitlarda tarqalgan?

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin