A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

27
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
I BO‘LIM
Zamburug‘ mitselliysi.
Suv o‘tlari hujayralari
Yopishqoq lishaynik va 
uning tallomining 
ko

ndalang kesimi.
17- rasm.
lishayniklar. Lishayniklar tirik organizmlarning o‘ziga xos guruhi 
bo‘lib, zamburug‘lar va suv o‘tlarning simbioz hayot kechirishidan yuzaga 
kelgan o‘simliklardir (17- rasm).
Lishayniklarning 26 000 ga yaqin turi ma’lum. Lishayniklarning ta-
nasi, rangi va shakli har xil. Lishayniklar sporalar yordami bilan shun-
ingdek vegitativ yo‘l bilan ko‘payadigan avtotrof organizmlardir. Vegetativ 
ko‘payish lishaynik tallomida hosil bo‘ladigan o‘simtalar va ularning qulay 
sharoitga tu shib rivojlanishi bilan boradi. Lishayniklar tashqi ko‘rinishiga 
ko‘ra uchta turga bo‘linadi (28- betdagi 18- rasm): 1. Yopishqoq; 2. Barg-
simon; 3. Butasimon. Lishayniklar barcha joylarda o‘sadigan o‘simliklar 
bo‘lib, tabiatda juda keng tarqalgan. Ular boshqa o‘simliklar yashay ol-
maydigan sharoitda ham uchraydi. Lishayniklar tosh va qoyalarda, cho‘l 
va dasht larda, daraxt va buta po‘stloqlarida o‘sadi.
Lishayniklar tundra va o‘rmon tundrada keng tarqalgan. Ulardan 
(Cladonia turkumi) shimol bug‘ulari uchun oziqa sifatida foydalaniladi. 
Unim siz joylarda yashovchi lishayniklar boshqa o‘simliklar hamjamoasini 
shakl la nishi ga imkon yaratadi. Lishayniklar 
substratdan 
va atrof-muhit-
dan turli kimyoviy elementlarni, shu jumladan, radioaktiv moddalarni 
ham to‘p lash xususiya ti ga ega. Toza havoni talab etuvchi lishayniklardan 
atmo sfera havosining ifloslanganlik darajasini aniqlashda indikator sifati-
da foydalanish mumkin.
Ba’zi bir lishayniklar to‘qimachilikda bo‘yoq sifatida, tibbiyotda va 
atir-upa sanoatida ishlatiladi. Shuningdek, o‘rmonlarda, ayniqsa, qa-



Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin