III bob
Sitologiya — hujayra haqidagi fan
9- §. Hujayrani o‘rganish tarixi va hujayra nazariyasi
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
Sitologiya — hujayra haqi dagi fan
Hujayraning tuzilishi va
funksiyasi
II
BO‘LIM
3 —
Biologiya, 9- sinf.
Tirik organizmlarning ichki tuzilishini o‘rganish mikroskopning kashf
etili shi bilan bog‘liq. 1665- yilda ingliz olimi Robert Guk daraxt po‘st-
log‘idagi po‘kak to‘qimadan yupqa kesmalar tayyorlab mikroskop yor-
damida kuzatganda ajoyib yangilikni kashf etdi. U daraxtning po‘stlog‘i
bir xil massadan iborat bo‘lmay, balki juda mayda bo‘shliqlardan ya’ni,
katakchalardan iborat ekanligini aniqladi. Bu mayda bo‘shliqlarni R. Guk
«sellula» (katakcha, uyacha, hujra) deb atadi. «Hujayra» atamasi ham shu
ma’noga ega. Keyinchalik bir qator olimlar har xil o‘simlik va hayvonlar-
ning to‘qimalarini mikroskop yordamida tekshirib, ularning hammasi ham
hujayralardan tashkil topganini aniqladilar. Masalan,
gollandiyalik olim
A. Levenguk 1680- yilda qondagi qizil qon tanachalari — eritrositlarni
o‘rganadi. Uzoq vaqt davomida hujayraning asosiy qismi uning tashqi qobig‘i
deb hisoblangan. Faqat XIX asrning boshlarida
olimlar hujayra qandaydir
suyuq-roq modda bilan to‘ldirilgan degan xulosaga keladilar. 1831- yilda
ingliz botanigi B. Braun hujayralarda yadro mavjudligini aniqlaydi. Chex
olimi Ya. Purkine 1839- yilda hujayra
tarkibidagi suyuqlikni
protoplazma
deb atashni taklif etadi.
Shunday qilib, XIX asr boshlarida o‘simlik va hayvon organizmlari hu-
jayralardan tashkil topgan degan xulosa vujudga keladi. 1838 —1839- yillarda
nemis olimlari: botanik M. Shleyden va zoolog T. Shvann o‘sha vaqtgacha
fanda to‘plangan ma’lumotlarga tayanib hujayra nazariyasining asosini yarat-
dilar. Ke yinchalik hujayra nazariyasi juda ko‘p olimlar tomonidan rivojlan-
tirildi. Nemis shifokor olimi R. Virxov, hujayrasiz hayot yo‘qligini, hujayra-
ning tarkibiy qismi yadro ekanligini va hujayra faqat hujayradan ko‘payishini
isbotlab berdi. Mikroskop texnikasining yanada takomillashtirilishi, elektron