KIrISh
Biologiya — hayot haqidagi fan bo‘lib, yunoncha ikki: «bios» — hayot,
«logos» — ta’limot so‘zlarining qo‘shilishidan kelib chiqqan.
Bu fan tirik
orga nizmlar — bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar hamda
odamni o‘rganadi.
«Biologiya» darsligi hayot haqidagi barcha asosiy qonunlar to‘g‘ri-
sidagi bilimlarni o‘rgatadi. Biologik jarayonlar
va hodisalarning mohiya-
tini ochish bilan bog‘liq ajoyib yutuqlar bilan tanishtiradi. Tirik orga-
nizm larning asosiy xusu siyatlari va ularning xilma-xilligini hayotiy
misollar orqali ko‘rsatadi. Biologiya tirik tabiat to‘g‘risidagi
bilimlar
tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki, bu fan-
da ilgari o‘rga nilgan dalillar tarixiylik nuq tayi nazardan ma’lum tizim-
larga keltiri ladi va ularning yig‘indisi
organik olam ning asosiy qo-
nuniyatlarini aniq lashga imkon yaratadi. Darslikni o‘qish borasida siz
organik olamning xilma-xilligi va tirik orga nizmlarning tuzilmalari
bilan tanishasiz. organizmlarning individual rivoj lanishi va ko‘payishi,
rivojlanish jarayonining o‘zi ga
xos tomonlarini tushu nishni, irsiyat va
o‘zgaruvchanlik hodisa lari ning qarama-qarshiligi, o‘za ro bog‘liqligini,
assimilatsiya hamda dissimilatsiya jarayonlari va bosh qalarni o‘rgana-
siz. Tirik tabiatning qancha lik xilma-xil va murakkab bo‘lishi dan qat’i
nazar, siz uni o‘r ga nish bilan bog‘ liq bo‘lgan aniq dalillarga ega bo‘la-
siz. Hozirgi kun da biologiyaning turli sohalarida
quyidagi ilmiy-tadqiqot
usul lari dan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va
eks pe ri mental usullar kiradi.
Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan bo‘lib, uning yordamida har
qan day biologik hodisani tasvirlash, ta’riflash mumkin.
Keyinchalik bu
usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K. Linney
juda katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Kuzatish usuli bugungi kunda ham
o‘zining ahamiyatini yo‘qotgan emas. Tirik organizmlarning miqdor va si-
fat ko‘rsat kich larini ta’riflashda ko‘p qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: