9 ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI I BO‘LIM Tirik organizmlar yoki biologik tizimlar quyidagi da raja lar da bo‘-
ladi: molekula, hujayra, to‘qima, or gan, organizm, popu la tsiya, bio-
geotsenoz (ekotizim) va biosfera. Har bir tuzilish darajasida atrof- muhit
bilan ya’ni moddalar, energiya va axborot almashinuvlar nati jasida o‘ziga
xos muayyan tizimlar kelib chiqadi.
Tizim deganda bir butunlikni tashkil
etuvchi komponentlarning ma’lum izchillikdagi o‘za ro bog‘lanishlari va
ta’sirlari tushuniladi. Shunday qilib, tizimning asosiy tarkibiy qismlari
komponentlar, bog‘lanishlar va chegaralardir. Barcha tirik organizmlar
ochiq tizim hisoblanib, ular tashqi muhit bi lan moddalar, energiya va
axborot almashinuviga ega. Keling, qu yi da tiriklikning asosiy tuzilish
darajalarini ko‘rib chiqaylik (10- betdagi 2- rasm).
Molekula. Ushbu bosqichda tirik tizim biologik faol yirik molekulalar,
ya’ni: oqsillar, nuklein kislota va uglevodlarning faoliyat ko‘rsatishida
namoyon bo‘ ladi. Molekula bosqichda aynan tirik materiya uchun xos
bo‘lgan quyosh nuri ener giyasining organik moddalarda bog‘lanishi
kimyoviy energiyaga aylanishi ya’ni moddalar almashinuvi, irsiy belgilarni
o‘tkazish hamda tuzilmalarning avlodlardagi barqarorligi singari jihatlar
kuzatiladi.
hujayra. Hujayra tirik organizmlarning tuzilish, rivojlanish va
funksional birligidir. Hayotning hujayrasiz shakllari ham mavjud. Buning
dalili sifatida viruslarni ko‘rsatish mumkin. Ularga xos bol‘gan ayrim
tiriklik xususiyatlari faqat hujayrada namoyon bo‘ladi.
Suv va tuproq muhitidagi tirik organizmlarni aniqlang va tavsiflang.
Archazor va yong‘oqzor o‘rmonlarida keng tarqalgan o‘simlik va
hayvonlar, shuningdek, zamburug‘larning ro‘yxatini tuzing. Ularni
ta’riflang.
1. 2.