ko ‘ payishdir .
Ushbu xususiyat tiriklikning eng zaruriy omili hisoblanadi va shuning
uchun ham sayyoramizda hayot davom etib kelmoqda (1- rasm).
Ko‘payish orqali tirik organizmlar o‘zi uchun xos bo‘lgan yana bir
muhim xususiyat —irsiyat va o‘zgaruvchanlikni amalga oshiradi.
organizmlarning
o ‘ zini o ‘ zi tiklashi jinsiy va jinssiz ko‘payish jara-
yonlarida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, tirik organizmlar ko‘payganida
odatda avlodlar ota-onalarga o‘xshash bo‘ladi. Bug‘doy donidan bug‘doy
o‘sib chiqadi. Itlardan kuchukchalar tug‘iladi. Bir hujayrali amyoba
hujayrasi bo‘linishidan ona hujayraga to‘liq o‘xshash bo‘lgan ikkita yosh
amyoba hosil bo‘ladi. Shunday qilib ko‘payish organizmlarning o‘ziga
o‘xshashlarni qayta tiklash xossasidir. Qayta tiklash tufayli nafaqat
organizmlar, balki hujayralar ham ularning organellalari (mitoxondriyalar,
plastidalar va boshqalar) bo‘linganidan keyin avvalgilarga o‘xshash bo‘ladi.
Shuningdek, o‘zini o‘zi tiklash barcha organizmlarning asosiy xususi-
yatlaridan biri hisoblanib, u irsiy xususiyatlar bilan chambarchas bog‘liq
(Irsiyat haqida darslikning V bo‘lim, XI bobida so‘z yuritiladi).
8 ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI I BO‘LIM MoDDALAR
ALMASHINUVI
oZIQLANISH
NAFAS oLISH
AJRATISH
Qo
‘ZG‘ALUVCHANLIK
HARAKATLANISH
ko
‘PAYISH
o
‘SISH VA RIVoJLANISH
Tirik organizmlarning asosiy xususiyatlari: Tirik organizmlar jonsiz tabiatdan nimasi bilan farq qiladi? 1- rasm. Tirik organizmlarning xilma-xilligi.