A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

Taqqoslash usuli bir xil predmet yoki hodisalarning boshqa predmet 
va hodisalar bilan o‘xshashligi hamda farqini aniqlash yo‘li orqali ular-
ning mohiyatini ochishga asoslangan. Bunda turli hodisalar uchun umumiy 
hisob langan qonuniyatlarni ochishga imkon yaratildi. Bu usullar yordamida 
olingan ma’lumotlar XVIII asrda o‘simliklar va hayvonlar sistematikasiga 
(K. Lin ney), XIX asrda hujayra nazariyasiga (M.Shleyden, T.Shvann) asos 


so lishga imkon yaratdi. Hozirgi davrda ham taqqoslash usulidan keng foy-
dalanilmoqda.
Tarixiy usulning biologiyada qo‘llanishi Ch. Darvinning nomi bilan 
bog‘liq. Bu usul biologiyada chuqur sifatiy o‘zgarishlarni vujudga kelishiga 
sabab bo‘ladi. Tarixiy usul hayotiy hodisalarni o‘rganishning asosiga 
aylangan. Chunki bu usul yordamida hozirgi zamon olamini va uning 
o‘tmishini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar asosida tirik tabiatning rivojlanish 
jarayonlarini aniqlash mumkin.
eksperimental yoki tajriba usuli biologiyada o‘rta asrlarda (Abu Ali ibn 
Sino) boshlangan bo‘lsa, fizika va kimyo fanlarining ravnaqi tufayli XIX—
XX asrlardan keng qo‘llanila boshlandi. Bugungi kunda yuqorida qayd 
qilingan usul lar o‘rtasidagi farqni aniqlash qiyin. 
Endilikda xalq xo‘jaligining deyarli barcha tarmoqlarida biologiya 
bilim laridan keng foydalaniladi. Kelajakda biologiyaning amaliy aha miyati 
yana da ortib boradi. Bu borada mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvon-
larning yuqori mahsuldor navlari va zotlarini yaratish katta ahamiyat 
kasb etadi. Shu bilan birga tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, tuproq
unumdorligini saqlash va uni oshirish ham muhim o‘rinlarni egallaydi. 
Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunlarini yaxshi bilgan Vatanimiz olim-
lari qishloq xo‘jaligi sohasida juda katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar. 
Uy hayvon larining yangi mahsuldor zotlarini va madaniy o‘simliklarning 
hosil dor navlarini yara tishda esa bu yutuqlardan keng foydalanish yo‘lga 
qo‘yilgan. Siz darslikda g‘o‘za navlarini yaratishda dunyoga dong‘i ketgan 
olimlari mizning ishlari bilan tani shasiz. Mamla katimizda meva, rezavor, 
sabzavot ekinlariga qadimdan e’tibor katta bo‘lgan. Shuning uchun dars-
likda, sohib kor olimlari mizning bu sohada erishgan yutuqlari haqida ham 
qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. 
Mikro organizmlarni o‘rganuvchi olimlarimiz turli xil foydali mod da-
larni ishlab chiqaruvchi mikroblarni tanlash ustida ish olib bor moqdalar. 
Tib biyotda ishlatiladigan dori-darmonlarni olishda, rangli metal lar va 
radio aktiv elementlari bo‘lgan rudalarni boyitishda ham mikro orga-
nizmlardan foydala nil moqda. Ayniqsa, chorva ozuqalarini boyitishda xlo-
rella suv o‘tidan foyda la nishning yo‘lga qo‘yilgani chorvachilikni yanada 
rivojlantirishga imkon yaratdi. Darslikda asosiy o‘quv materiallari bilan bir 
qatorda qo‘shimcha ma’ lu mot lar, laboratoriya ishlari ham berilgan. Savol 
va topshiriqlar esa o‘tiladigan darslarni mustahkamlashga qaratilgan.

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin