A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


I BO‘LIM 4- §. Hayotning hujayraviy shakllari



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

I BO‘LIM
4- §. Hayotning hujayraviy shakllari
Viruslar va bakteriyalar orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklar haqi da 
ma’lumotlar to‘plang va kasalliklarni oldini olish bo‘yicha chora-tad-
birlar tavsiya qiling.
organik olam ikkita katta dunyoga ya’ni, prokariotlar va eukariotlarga 
bo‘linadi.
prokariotlar — yadrosi to‘liq shakllanmagan organizmlar ya’ni, ha-
qiqiy yadroga ega emas. Irsiy belgilar nukleotidlarda joylashgan. DNK— 
dezoksiribo nuklein kislota halqasimon shaklda bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish ku-
zatilmaydi. Hujayra markazi va  
mitotik ip
bo‘lmaydi. Hujayra amitoz yo‘l 
bilan bo‘linadi. Hujayrada plastida va mitoxondriyalar uchramaydi. Hujayra 
qobig‘i 
murein
degan moddadan tashkil topgan. odatda ba’zi vakillaridagi 
xivchin oddiy tuzilgan. Prokariotlarning ko‘pchiligi erkin azotni o‘zlashti-
rish xususiyatiga ega. oziqlanish oziq moddalarning hujayra qobig‘i orqali 
shimib olinishi bilan kechadi. Hazm qiluvchi vakuolalar bo‘lmaydi, ba’zan 
gazli vakuo lalar uchraydi. Bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlari prokariotlar 
hisoblanadi.
Bakteriyalar. Bakteriyalar Yer sharidagi sodda tuzilgan eng qadim-
gi va ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan sodda organizmlar hi sob lanib
hu jayrasida yadro rosmana shakllanmaganligi va oddiy ko‘payishi 
(bo‘linish yo‘li) bilan xarakterlidir, jinsiy ko‘payish uchra maydi. Ba’-
zi avtotrof bakteriyalarni hisobga olmaganda, ularning ko‘p chiligida 
plastidalar ham bo‘lmaydi, shuning uchun ular geterotrof oziqla-
na di. Hujayra po‘sti ham murein degan moddadan tashkil topgan.
Bak te riyalar bir hujayrali, ba’zan ipsimon yoki shoxlangan, kolo- 
niyali organizmlar bo‘lib, ular shakl jihatidan 3 guruhga ajratilgan: 1. 
Sharsimon-kokklar; 2. Tayoqsimon-batsillalar; 3. Buralgan-vibrionlar, spiril-
lalar (16- betdagi 5- rasm). Bakteriyalarning ko‘pchiligi suv va boshqa oziq 
moddalar yetish maganda yoki boshqa noqulay sharoitda 
spora
hosil qilish 
xususiyatiga ega. Sporalar tashqi omillar ta’siriga ancha chidamli bo‘lib, bir 
necha yilgacha o‘z hayotini saqlab qoladi. Ular asosan shamol va suv yor-
damida tarqaladi. Shuning uchun ham suv, tuproq, ozuqa mahsulotlarida 
va turar joylarda bakteriyalar ko‘p uchraydi. Shuningdek, bakteriyalarning 
erkin kislorodli muhitda yashovchi 

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin