rinishi. 12- rasm.
Zamburug‘lar hujayrasi tarkibida plastidalari bo‘lmaydigan geterotrof
organizmlardir. Ular qadimgi organizmlar hisoblanadi. Zamburug‘lar
parazit va saprofit holda hayot kechiradi.
Saprofitlar — o‘lik organik
modda bilan oziqlanadigan orga nizmlar. Ba’zi birlari suvda yashaydi.
Zam burug‘larning 100 000 ga yaqin turi mavjud bo‘lib, quruqlikda juda
keng tarqalgan. Ular suv o‘tlaridan xlorofillning yo‘qligi, bakteriyalardan
esa yadroga ega bo‘lishi bilan farq qiladi. Zamburug‘larning vegetativ ta-
nasi
mitselliy deb atalib, u alohida ipchalar ya’ni
gifalar yig‘indisidan
tashkil topgan (12- rasm). Zamburug‘ mitselliysi oziq moddalarni butun
yuzasi bilan shimib oladi. Mitselliyda spora hosil qiluvchi organlar hosil
bo‘ladi. Ko‘payishi vegetativ, jinssiz va
jinsiy usul larda boradi.
Vegetativ ko‘payish kurtakla nish yoki
mitselliyning bo‘laklarga ajralishi, jins-
siz ko‘payish esa har xil sporalar hosil
qilish yo‘li bilan boradi.
Jinsiy ko‘payish tuban zamburug‘ larda
suv o‘tla rga o‘xshash, yuksak zambu-
rug‘lar esa maxsus jinsiy or gan larning
qo‘shi lishi, bir hujayra mah sulotining
ikkinchi siga ko‘chib o‘tishi va yadro-
larning juft-juft bo‘lib qo‘shilishi kabi
ko‘ri nish larda amalga oshadi. Mitsel liy -
ning tuzilishi va ko‘payish usuli ga qa rab
zambu rug‘ lar
tuban va
yuk sak zambu- rug ‘ larga bo‘linadi. Tuban zamburug‘lar
mitsel liysida to‘siqlar bo‘lmaydi, jinsiy
ko‘payish suv o‘tlari dagidek boradi. Yuksak zamburug‘lar mitselliysi to‘siqli,
ya’ni ko‘p hujayrali bo‘ladi (24- betdagi 13- rasm).
achitqi zamburug‘i — haqiqiy mitselliysi bo‘lmay, tanasi alohida-alohi-
da hujayralardan iborat. Hujayrasi bir yadroli, oval shaklda bo‘ladi.
Bu zamburug‘ kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. Kurtaklanish nati-
jasida hosil bo‘lgan
yosh hujayralar uzilib ketmay zanjir hosil qiladi
(14- rasm). Ular shakarli
muhitda yashaydi. Achitqi zamburug‘larining