19
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
I BO‘LIM
Eukariotlar
5- §. O‘simliklar dunyosi
Haqiqiy yadroga ega bo‘lgan organizmlarga
eukariotlar
deyiladi.
Yadrodagi irsiy material xromosomalarda joylashgan. Jinsiy va jinssiz yo‘l
bilan ko‘pa ya di, ba’zan urug‘lanmasdan ko‘payish (partenogenez) ham ro‘y
beradi. Hujayra markazi va mitotik markaziy ip mavjud, hujayraning
bo‘linishi mitoz yo‘li bilan boradi, ular plastidalar va mitoxondriyalarga
ega bo‘lib, shuningdek, yaxshi rivojlangan endoplazmatik to‘r mavjud.
Xipchinlari murakkab tuzilgan. Atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtirmay-
di. Asosan aeroblar, ba’zi bir turlarigina ikkilamchi anaeroblar hisoblana di.
oziqlanishi shimish yo‘li bilan avtotrof va geterotrof. Hazm qiluvchi va-
kuolalarga ega.
Eukariotlarga o‘simliklar, zamburug‘lar va hayvonot dunyosi kiradi.
Zamburug‘ va hayvonlarning o‘simliklardan farqi ular geterotrof usulda
oziqlanadi.
Hozirgi vaqtda o‘simliklar quyidagi ikki: tuban va yuksak o‘simliklar
guruhlariga bo‘lib o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: