A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

26
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
I BO‘LIM
Markaziy osiyo sharoitida vilt ka sal ligi g‘o‘zaning ofatidir. Vilt g‘o‘za 
ildizi orqali o‘tib, poyaning o‘zagini zararlaydi va uning normal o‘sishini 
buzadi. Vilt bilan zararlangan o‘simlik ko‘pincha nobud bo‘ladi yoki biror
organi so‘lib chiriydi.
Kasallikka qarshi kurash choralari xo‘jaliklarda almashlab ekishni 
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, viltga chidamli yangi g‘o‘za navlarini yaratish, yerni 
chuqur va sifatli shudgor qilish, mahalliy o‘g‘itlar solish va boshqalardir.
Zamburug‘larning ahamiyati
. Zamburug‘lar tabiatda keng tarqalgan va 
katta ahamiyatga ega. Ular tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. 
Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o‘simlik qoldiqlari va hay-
von jasadlarining parchalanishi asosan zamburug‘lar ishtirokida boradi.
Tuproqda xilma-xil zamburug‘lar guruhi uchraydi. Zamburug‘lar 
saprof itlar sifatida to‘nka va ildizlar qoldiqlarida yashaydi. Ba’zi 
zamburug‘lar yuksak o‘simliklar bilan 
simbioz
holda yashab, 
mikoriza
hosil 
qiladi. Ammo ba’zi bir zamburug‘lar o‘rmon xo‘jaligiga zarar keltiradi. 
Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra yog‘ochni chirituvchi zamburug‘lar 
uning 30% ni mut laqo yaroqsiz holga keltirishi mumkin ekan.
Mikoriza 
— yuksak o‘simliklar ildizi bilan zamburug‘larning simbioz 
hayot kechirishidan iborat. Quruqlikda tarqalgan ko‘pchilik o‘simliklar 
tuproq dagi zamburug‘lar bilan ana shunday hamkorlikda yashaydi. 
Mikorizaning tuzilishiga ko‘ra ikki asosiy turi ajratiladi: tashqi (ektotrof) va 
ichki (endotrof). Ektotrof mikorizada o‘simlik ildizining uchki qismini zich 
g‘ilof ko‘rinishida zamburug‘ mitselliysi o‘rab oladi. Endotrof mikorizada 
zamburug‘ ildizning ichki to‘qimalariga kirib oladi. 
Tashqi mikoriza asosan o‘rmonlardagi qayin, eman va ninabargli 
daraxtlarda uchraydi. Zamburug‘ daraxt ildizidan karbon suv va vita-
minlarni o‘zlashtiradi. Shu bilan birga tuproqning gumusi tarkibidagi 
oqsillar ni ami no kislotalarga parchalaydi. Aminokislotalarning bir qismi 
o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari zamburug‘ daraxtning 
ildiz tizi mini, shimish yuzasini oshiradi, bu esa o‘z navbatida unumsiz tup-
roqlarda o‘sayotgan o‘simlik uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ichki mikoriza ko‘pincha o‘t o‘simliklarda uchraydi. Ammo uning sim-
bioz hayot kechirishdagi roli haqida ma’lumotlar yetarli emas. Ba’zi bir 
zamburug‘lar parazit organizmlar sifatida o‘simlik va hayvonlarda har xil 
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Iste’mol qilinadigan zamburug‘lar ozuqa 
ahamiyatiga ega. Zamburug‘larning ba’zi turlaridan antibiotiklar va vita-
minlar olishda, shuningdek, achitqilardan turmushda keng foydalaniladi.



Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin