30
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
I BO‘LIM
Hayvonlar hujayrasi o‘simliklardagi kabi sellulozali qobiq va vakuola-
larga ega emas. Ushbu xususiyatni ham barcha
hayvonlarga taalluqli deb
bo‘lmaydi. o‘simlik va hayvonlar o‘rtasidagi nisbiy farqlar ularning ajdod-
lari umumiy ekanligini bildiradi. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyatini
o‘simliklar ha yotida ko‘rish mumkin. Gulli o‘simliklarning changlanishi
yoki urug‘ va mevalarning tarqalishida hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Hay-
vonlar har-xil ozuqa zanjirlari
tarkibida ishtirok etib, o‘simliklar bilan
oziqlanuvchi turlar boshqa yirtqich hayvonlar uchun ozuqa sifatida xizmat
qiladi. Hayvonlar tuproq hosil qilish jarayonida juda katta ahamiyatga ega.
Chuvalchanglar, chumolilar va boshqa mayda hayvonlar tuproq tuzilmasini
shakllanishida, uning unumdorligini oshirishda hamda tuproqning suv va
havo bilan ta’minlanishida ishtirok etadi. o‘simlik qoldig‘i va hayvon ja-
sad larini parchalovchi orga nizmlar muhim sanitar ahamiyatga ega. Suvda
yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni tozalovchi —
biofiltr
organizmlardir.
Hayvonlar insonning ko‘p qirrali xo‘jalik faoliyatida katta o‘rin egallay-
di. Yovvoyi va uy hayvonlari insonni har xil oziq-ovqat
mahsulotlari bilan
ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Yovvoyi hayvonlarning turlari uy
hayvon zotlarini yaxshilash uchun xizmat qiluvchi genofondni saqlaydi.
Ko‘pgina yirtqich hayvonlar qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida turli zarar-
kunandalarni yo‘qotishda katta rol o‘ynaydi.
Biroq hayvonlarning ayrimlari zararlidir. Masalan, o‘simlik zararku-
nandalari qishloq xo‘jaligiga katta ziyon keltiradi:
ular oziq-ovqat
mah sulotlari zaxirasini yemiradi, jun, teri, yog‘ochdan tayyorlangan
materiallarni ishdan chiqaradi. Ko‘pchilik hayvon turlari havfli kasalliklar
(bezgak, qichima va boshqalar)ni qo‘zg‘atuvchi va tarqatuvchi (chivinlar,
burgalar va hokazo) sifatida ishtirok etadi.
Hayvonot dunyosi ikkiga ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: