38
HUJAYRA HAQIDAGI TA
’
LIMOT
II BO‘LIM
Turli-tuman organizmlarning eukariot hujayralari o‘zining tuzilishi
jihatdan murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi (22- rasm). Hu-
jayralar bajaradigan vazifalariga qarab turli-tuman shaklga ega bo‘ladi:
yumaloq (tuxum va yog‘ hujayralari), yulduzsimon (biriktiruvchi to‘qima
hujayralari), o‘simtasimon (nerv hujayralari), amyobasimon ya’ni, shaklini
o‘zgartiruvchi (leykotsitlar va ayrim biriktiruvchi to‘qima hujayralari).
Hujayralar turlicha katta-kichiklikka ega. Ko‘p hollarda ular juda kichik
bo‘lib 10 — 100 mkm ga teng. Biroq juda katta hujayralar ham mavjud.
Masalan, tarvuz hujayralarini oddiy ko‘z bilan kuzatish mumkin. Eng katta
hujayralarga qushlarning tuxumi misol bo‘ladi.
Hujayralar katta-kichikligiga qarab turli og‘irlikka ega. Masalan,
tuyaqush tuxumining og‘irligi 100 g dan 1,5 kg gacha boradi. Qizil qon
tanachalari (eritrotsitlar)ning og‘irligi esa 10
-9
g (ya’ni, 0, 000 000 001 g) ga
teng.
Turli-tuman organizmlarning eukariot hujayralari o‘zining tuzilishi
jihatdan murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ularga sodda
hayvonlar (soxtaoyoqlilar, xivchinlilar, infuzoriyalar), zamburug‘lar,
yuksak o‘simlik va hayvonlar kiradi. Eukariot hujayralar prokariotlarning
murakkablashishi tufayli paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Har bir hujayra
3 ta tarkibiy qismdan: tashqi sitoplazmatik membrana, sitoplazma va
yadrodan iborat (40- betdagi 23- rasm).
Sitoplazma. Sitoplazmada bir qator tuzilmalar (organoid va organellalar)
bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatga ega va ma’lum vazifani
bajarishga ixtisoslashgan. Ko‘pchilik organoidlar barcha hujayralar tarkibida
uchraydi (mitoxondriya, hujayra markazi, Golji majmuasi, ribosoma,
endoplazmatik to‘r, lizosoma), boshqalari esa faqat ma’lum turdagi
hujayralarda mavjud (miofibrilla, kiprikcha va boshqalar).
Sitoplazmada turli xil moddalar ham to‘planadi. Ular
Dostları ilə paylaş: