24- rasm. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 ketsa, boshqalari umuman o‘tmaydi. Masalan, K
+
ionlarining hujayra ichi-
dagi miqdori, uning tashqarisiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Na
+
ionlari aksin-
cha hujayra tashqarisida ko‘p. Hujayra membranasining tanlab o‘tkazish
xususiyati
yarim o ‘ tkazuvchanlik deb ataladi. Yuqorida qayd qilingan ikki
yo‘ldan tashqari, kimyoviy birikmalar va qattiq zarrachalar hujayraning
ichki qismiga pinotsitoz va fagotsitoz yo‘li bilan ham o‘tadi (24- rasm).
Hujayra membranasida botiq joy hosil bo‘lib, uning ikki uchi hujayralararo
suyuqlikni (pinotsitoz) yoki qattiq moddalarni (fagotsitoz) asta-sekin qamrab
olib, bir-biri bilan tutashadi.
Sitoplazmatik membrananing yana bir vazifasi ko‘p hujayrali organizmlar
to‘qimasida hujayralar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Bu birinchidan,
juda ko‘p burmalar va o‘simtalar hosil qilish va ikkinchidan, hujayralar
tomonidan hujayralararo bo‘shliqni to‘ldiruvchi juda zich biriktiruvchi
moddalarni ajratish bilan amalga oshiriladi.
o‘simlik hujayrasi ham xuddi hayvon hujayrasi singari sitoplazmatik
membrana bilan o‘ralgan bo‘ladi. Biroq, bundan tashqari hayvonlar hu-
jayrasida uchramaydigan sellulozadan iborat
qalin hujayra qobig‘iga ham
ega. Hujayra qobig‘ida maxsus teshikchalar bo‘lib, qo‘shni hujayralarning
endoplazmatik to‘rlari bir biri bilan tutashgan bo‘ladi. Zamburug‘larning
hujayralari ham xuddi o‘simlik hujayralari kabi hujayra qobig‘i bilan o‘ral-
gan. Ammo ular selluloza emas, balki xitinsimon modda lardan iborat.