49 HUJAYRA HAQIDAGI TA ’
LIMOT II BO‘LIM 15- §. O ‘
simlik hujayrasining o ‘
ziga xos tuzilishi 4 — Biologiya, 9- sinf.
o‘simliklar hujayrasida hay von hujayrasiga xos bo‘lgan barcha
organoidlar: yadro, mitoxondriya, Golji majmuasi, ribosomalar mavjud
(40- betdagi 23- rasmga qarang). Shuningdek, ular tuzilishidagi bir qator
xususiyatlari bilan hayvon hujayralaridan farq qiladi: 1) birmuncha qalin
bo‘lgan hujayra qobig‘iga ega; 2) maxsus organoidlar-plastidalari bor.
Bularda quyoshning yorug‘lik energiyasi hisobiga anorganik moddalardan
birlamchi organik moddalarni hosil bo‘lishi amalga oshiriladi; 3) yaxshi
rivojlangan vakuola tizimi mavjud bo‘lib, u hujayraning osmotik xusu-
siyatlari bilan bog‘liq.
Hujayra qobig‘i. o‘simlik hujayrasi tashqi tomondan qalin hujayra
qobig‘i bilan o‘ralgan bo‘ladi. Hujayra qobig‘i tufayli har bir hujayra
o‘zining shaklini saqlab qolish xususiyatiga ega.
Hujayra qobig‘i polisaxaridlardan tashkil topgan. Qobiq orqali suv va
kichik molekulali moddalar osonlik bilan o‘tish imkoniga ega. Shu bilan
birga qobiq birmuncha mustahkam bo‘lib, o‘simlikka xos tuzilmani saqlab
turadi. U shamol ta’sirida o‘simlikning egilishini ta’minlaydi, biroq sinib
ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
plastidalar — o‘simlik hujayralarining organoidlari. Ular anorganik
moddalardan birlamchi uglevodlarni hosil qilishda ishtirok etadi. Plas-
tidalarning uch xil turi mavjud: 1. Leykoplastlar — rangsiz plastidalar,
monosaxarid va disaxaridlardan kraxmal hosil qilishda ishtirok etadi
(ayrim leykoplastlarda oqsil va moylar ham to‘planadi). 2. Xloroplastlar —
yashil pigmentlar, fotosintez jarayonini amalga oshi radi. 3. Xromoplastlar
— har xil rangga ega plastidalar. Ular gullar va mevalarga rang beruvchi
karotinoidlardan iborat.
Plastidalar bir-biriga aylanib turadi. Ularning tarkibida RNK va DNK
bo‘ladi. Ko‘payishi ikkiga bo‘linish yo‘li bilan amalga oshadi.
Ko‘pgina o‘simlik hujayralarida boshqa plastidalar ham uchraydi. Ular
qizil, sariq va qizg‘ish pigmentlarga ega bo‘ladi. Ko‘pgina gullar, mevalar va
kuz faslidagi barglarning ranglari ana shu pigmentlar tufayli paydo bo‘ladi.
Rangsiz plastidalarda kraxmal, moy, oqsil, zaxira modda sifatida to‘pla-
nadi. Bunday plastidalar ildizda, tugunaklarda, ildizmevalarda, urug‘larda
ko‘p uchraydi.
Vakuolalar ham o‘simlik hujayralariga xos organoid bo‘lib, membrana
bilan o‘ralgan. Ular endoplazmatik to‘rning g‘ovak membranalari hisobiga