A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


- §. Hujayralar evolutsiyasi



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

16- §. Hujayralar evolutsiyasi
o‘simlik hujayrasining o‘ziga xosligi:
Quyidagi sxemaga ko‘ra o‘simlik va hayvon hujayralarining
farqini aniqlang?
hujayra qobig‘i
plastidalar
vakuola


51
HUJAYRA HAQIDAGI TA

LIMOT
II BO‘LIM
1.
2.
3.
4.
5.
Hujayra evolutsiyasi deganda nima tushuniladi?
Invaginatsiya gipotezasining mohiyati nimada?
Eukariot hujayraning yadrosi qanday paydo bo‘ladi?
Eukariot hujayrani evolutsiyasini tushintiruvchi yana qanday gipoteza
mavjud?
Prokariot hujayralar taxminan qachon paydo bo‘lgan?
1.
2. 
3.
Simbioz gipotezasini tushuntiring.
Mitoxondriyalarning paydo bo‘lishini tushuntirib bering.
Laboratoriya mashg‘ulotiga tayyorlaning.
Simbioz gipotezasiga ko‘ra eukariot hujayra bir-biri bilan simbiot 
holda yashovchi, har xil tiplarga mansub, ko‘p hujayralardan hosil 
bo‘ladi. Gipotezada ta’kidlanishicha mitoxondriya va xloroplastlar 
mustaqil kelib chiqishga ega va prokariot hujayra sifatida paydo 
bo‘lgan. Masalan, mitoxondriyalar aerob prokariotlardan kelib chiqqan 
deyiladi. Yadroning paydo bo‘lishini xo‘jayin hujayraning DNKsi 
bilan bog‘liq degan taxmin mavjud. Yadro hosil bo‘lgandan so‘ng, 
uning membranalaridan endoplazmatik to‘r, Golji majmuasi va undan 
esa lizosoma hamda vakuola hosil bo‘lgan deyiladi. Bu taxminlarni 
isbotlovchi bir qator dalillar ham mavjud. Bularga mitoxondriya va 
xloroplastlarda DNK va RNKning mavjudligi, ularning bo‘linishini 
prokariot hujayrani bo‘linishiga o‘xshashligi va boshqalar.
Invaginatsiya gipotezasi. Bu gipotezaga ko‘ra, eukariot hujayraning 
ba’zi organellalari hujayraning tashqi membranasini invaginatsiyasi (si-
toplazmaga botib kirishi) natijasida hosil bo‘lgan. Invaginatsiya gipo-
tezasi eukariot hujayra ko‘p hujayralardan emas, balki bitta hujayradan 
kelib chiqqan deb tushuntiradi. Bu gipoteza xloroplast, mitoxondriya va 
yad roning qo‘sh membranalarining kelib chiqishini oson tushuntirib be-
radi. Boshqa yana bir gipotezaga ko‘ra eukariot hujayralar genomning 
ayrim elementlarini to‘planishi tufayli paydo bo‘lgan deyiladi. Bu gipo-
tezaning asosida ham qandaydir prokariot hujayra bo‘lib, uning ko‘p 
genomlari ayrim pufakchalarga bo‘linib, hosil bo‘lgan qismlar ma’lum 
funksiyalarni bajarishga moslashgan. Ko‘p genomli taxmin haqiqatga ya-
qin bo‘lib, yadro va sitoplazmani plastik jarayonlarni o‘xshashligi bilan 
isbotlanadi.
Shunday qilib, hujayraning tarixiy rivojlanishi uning murakkab 
genomga ega bo‘lishiga sabab bo‘ldi.



Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin