59 HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI III BO‘LIM 1. 2. 3. 4. 5. oqsillar deb qanday birikmalarga aytiladi?
oqsillar tarkibida qanday elementlar uchraydi?
oqsillar necha xil aminokislotalardan tashkil topgan?
Hujayrada katalizatorlik vazifasini qanday moddalar bajaradi?
Hujayrada oqsillar qanday vazifalarni bajaradi?
30- rasm. Gemoglobin oqsil molekulasining sxemasi. Fe
Fe
oqsillarning vazifalari. Hujayrada oqsillar turli tuman vazifalarni ba-
jaradi. Bulardan eng muhimi strukturalar (tuzilish) hosil qilishdir. oqsillar
barcha organoidlar va hujayra membranalarining tuzilishida ishtirok etadi.
oqsillarga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri
katalizatorlik vazi-
fasini bajarishdir. Barcha biologik katalizatorlar ya’ni, fermentlar asosan
oqsil tabiatiga ega. Ular anorganik katalizatorlardan farqli ravishda kimy-
oviy reak-siyalar tezligini o‘n ming, hatto yuz ming marotaba oshiradi.
Tirik organizmlarning harakat qilish xususiyati ham qisqaruvchan oqsillar
ishtirokida sodir bo‘ladi. Bu oqsillar hujayra va organizmlar bilan bog‘liq
barcha harakat turlarida ishtirok etadi.
oqsillarning
tashish (transport) vazifasi ularga xos bo‘lgan yana bir
muhim xususiyatdir. Masalan, gemoglobin oqsili kislorodni tana organ-
lari va to‘qimalariga tashish vazifasini bajaradi. oqsillar tirik organizm-
larda himoya vazifasini ham o‘taydi. organizmga begona modda yoki
mikroorga - nizm lar kirsa, leykotsitlar ya’ni, oq qon tanachalari maxsus
oqsillar — antitanachalarni ishlab chiqaradi. Ular begona moddalar (anti-
genlar)ni bog‘lab ularni zararsizlantiradi.
oqsillar gormon vazifasini ham bajaradi. Masalan, insulin gormoni
oqsil tabiatiga ega bo‘lib, qonda glukoza miqdorini nazorat qilib turadi.
Umuman tirik organizmlarga xos bo‘lgan barcha vazifalarni bajarilish
oqsil molekulalari tomonidan amalga oshiriladi.