A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

62
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
dasi hasharotlarning tashqi skeleti tarkibiga kiradi. Xitin zamburug‘ hu-
jayrasi tarkibida ham uchraydi.
Uglevodlar hujayraning asosiy energetik manbai hisoblanadi. 1 g 
uglevod parchalanganda 17,6 kj energiya ajralishi aniqlangan.
o‘simliklarda kraxmal, hayvonlarda glikogen zaxira modda sifatida 
hujayralarda to‘planadi va bu moddalar ozuqa hamda energiya zaxirasi 
vazifasini o‘taydi.
Suvda erimaydigan organik birikmalar 
lipidlar
yoki yog‘lar deb ata-
ladi. Bu guruhga mansub birikmalar turli-tumanligi bilan ajralib turadi. 
Bulardan keng tarqalgani oddiy lipidlar — neytral yog‘lardir.
hayvon-
larning neytral yog‘lari — yog‘lar, o‘simlik yog‘lari esa — moylar deb 
ata ladi. Moylar odatdagi haroratda suyuq bo‘ladi.
Yog‘larning hujayradagi asosiy vazifasi energiya manbai sifatida 
namoyon bo‘lishidir. Yog‘larning kaloriyasi karbonsuvlarga nisbatan 
1,5—2,0 barobar yuqori bo‘ladi. 1 g yog‘ning to‘liq parchalanishi natijasi-
da 38,9 kj energiya ajralib chiqadi. Hujayradagi yog‘ning miqdori 5—15% 
atrofida bo‘ladi. Yog‘ to‘qimalarining hujayralarida yog‘ning miqdori 
90% gacha boradi. Qishki uyquga moyil bo‘lgan hayvonlar organizmida 
yog‘lar ortiqcha miqdorda to‘planadi. Umurtqali hayvonlarning teri osti-
da ham yog‘lar to‘planib, u issiqni saqlash vazifasini bajaradi. Yog‘larn-
ing parchalanishidan hosil bo‘ladigan moddalardan biri suvdir. Bu me-
tabolik suv cho‘l hayvonlari uchun o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. 
Tuya o‘rkachida to‘plangan yog‘ energiya manbai emas (ko‘pin-
cha shunday noto‘g‘ri tu shuncha mavjud) balki suv manbai hisobla-
nadi. o‘simliklarning urug‘ larida ham moylar zaxira modda sifatida ko‘p
25- §. Lipidlar
1.
2.
3.
4.
Uglevodlarning nomi qanday tushuntiriladi?
Qaysi organizmlar tarkibida uglevodlar ko‘p uchraydi?
Nima uchun murakkab uglevodlar deyiladi?
Uglevodlar qanday vazifani bajaradi?

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin