O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
SIRTQI BO’LIM BIOLOGIYA YO’NALISHI
O’SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI FAOL MODDALARI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: VITAMINLAR.
Bajardi:
Tekshirdi:
Toshkent-2023
REJA
KIRISH
1.VITAMINLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.
2.VITAMINLARNING TURLARI
3.INSON HAYOTI UCHUN ZARUR BO’LGAN VITAMINLAR YETISHMOVCHILIGI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Vitaminlar inson va hayvonlar uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan, turli kimyoviy tuzilishdagi organik birikmalardir. Organizm uchun juda kam miqdorda talab etiladigan (oqsil, yog' va uglevodlardan farqi) bu birikmalar fermentlar molekulasi tarkibiga kirib, to'qimalardagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Odam va hayvonlar organizmi ko'pchilik vitaminlarni faqat o'simliklardan oziq-ovqat bilan birga oladi. Shuning uchun ovqat mahsulotlari tarkibida biror vitaminning bo'lmasligi yoki yetishmasligi inson ya hayvonlar organizmida moddalar almashinuvining buzilishiga, keyinchalik esa avitaminoz hamda gipovitaminoz deb ataladigan og'ir kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.
Vitaminlar o'simliklar hayotida katta rol o'ynaydi. Ular moddalar almashinuvining asosiy regulyatori - fermentlar biosintezida ishtirok etadi. Vitaminlarning ko'pchiligi oqsillar bilan birlashib, fermentlar hosil qiladi. Ba'zi vitaminlar aminokislotalar (masalan, vitamin H-biotin, asparagin, serin va boshqa aminokislotalar) almashinuvida ishtirok etadi. Vitamin C, karotin, katexinlar va flavonollar o'simlik to'qimalarida doimiy ravishda ro'y berib turadigan oksidlanish va qaytarilish jarayonida faol qatnashadi. Bu jarayon davrida vitaminlar ma'lum vaqt ichida oksidlanib va qaytarilib turadi. Vitaminlar ta'sirida o'simliklarning hosildorligi oshadi, yetilishi tezlashadi va ildizi tez rivojlanadi. Ba'zi vitaminlar (karotinoidlar) esa fotosintez jarayonida va o'simlik gullarining changlanishida ishtirok etadi.
Vitaminlarning biosintezi - deyarli barcha vitaminlar o'simlik organizmida sintezlanadi. Faqat vitamin A va D ni hosil qiladigan birikmalar - provitaminlar o'simlik to'qimalarida sintezlanib, hayvon organizmiga o'tgandan so'ng ular o'z vitaminiga aylanadi. O'simlik to'qimalarida vitaminlar biosintezining borishi hanuzgacha tajribalarda to'la aniqlangan emas. Vitaminlar tirik mavjudotlar organizmi uchun juda zarur, fiziologik uhamiyatli, fermentlar tizimi tuzilishi uchun muhim. Ularning bo'lmasligi kasalliklarga yoki o’limga olib keladi. Ular oz miqdorda bo’lsa ham kishi organizmida, xujayradagi jarayonda kuchli faollikga ega. Ularning ko‘pchiligi kimyoviy tuzilishi jihatidan murakkab organik moddalardir. Ular asosan turli o'simliklarda, ho'l meva, ovqat mahsulotlarida va sabzavotlarda bo'ladi. Ularning har biri fizik-kimyoviy tuzilishi va farmakologik xossalari bo'yicha ma’lum bir vazifani bajaradi va bu jihatdan bir - biridan farq qiladi. Shuning uchun ular bir - birini o'mini bosa olmaydi. Ular ko’pchiligi kofermentlar sifatida muhim bioximiyaviy reaksiyalarda bevosita ishtirok etadi. Ayrimlari nerv impulslari o’tishida, ko’rish akti sodir bo’lishda va boshqa fiziologik prozesslarida muhim rol o’ynaydi. Organizm uchun zarur bo'lgan vitaminlar asosan turli ovqat mahsulotlari, ko'proq har xil ko'katlar va meva-sabzavotlar bilan o'zlashtiriladi. Ularning ayrimlari (R,„ l?i2, pantoten va foliy kislotasi) ichak mikroflorasi tomonidan ham ishlab chiqariladi, lekin bular organizm uchun kifoya qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |