Biologiya fakulteti


INSON HAYOTI UCHUN ZARUR BO’LGAN VITAMINLAR



Yüklə 55,55 Kb.
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü55,55 Kb.
#195813
1   2   3   4   5
vitt

INSON HAYOTI UCHUN ZARUR BO’LGAN VITAMINLAR
YETISHMOVCHILIGI
Vitaminlar miqdori yetishmaganda organizmda gipovitaminozning alomatlari yuzaga kelib muayyan o'zgarishlar bilan kechadi. Umuman olganda bu gipoavitaminoz ko'pincha ovqat tarkibida vitaminlar yetishmasligi, yoki ularning me’daichak yo'lidan yaxshi so'rilmasligi (j'Sar faoliyatining buzilishi, me’da-ichak kasalliklari), yoki organizmda ularga bo'lgan ehtiyojning ortishi (homiladorlik, og'ir operatsiyadan keyingi davr, surunkali yuqumli kasalliklar va boshqalar), organizmdan vitaminlarning ko'p miqdorda chiqib ketishi (havo va tana haroratining ko'tarilishi, og'ir jismoniy mehnat va xakozo) natijasida vujudga keladi. Eng o’g’ir kasallik to’la bir nechta vitaminlar yetishmasligida bo’ladi bunda polivitaminoz deyiladi.
A vitamini. Agar inson organizmida bu vitamin kamayib ketsa, uning ko‘rish qobiliyati pasayadi, jumladan, qorong‘i bo‘lganda ko‘ra olmay qoladi. Shabko‘rlik ham organizmda ana shu vitamin yetishmasligi natijasida paydo bo‘lishi aniqlangan.
Bundan tashqari, A vitamini yetishmasligi oqibatida kishi tanasi sho‘rlaydi, sochlar tagi qurib ketadi, tirnoq esa yumshab qoladi. Bu vitamin ko‘proq sabzi, pomidor, ko‘k no‘xat, qovun, apelsin hamda sut mahsulotlarida bo‘ladi.
B1 vitamini va uning guruhi kamayib ketsa, kishida parishonxotirlik ro‘y beradi, xotira pasayadi, asablari tez shamollaydigan bo‘lib qoladi va ishtahasi bo‘g‘iladi. Bu darmondori go‘ja osh, suli, arpa non, qo‘y go‘shti va yana boshqa bir qator mahsulotlarda bo‘ladi.
B2 vitamini inson organizmida kamayib ketsa, ko‘z yoshlanaveradi, kamqonlik kelib chiqadi, kishi darmonsizlanadi, lablari bichilib ketadigan bo‘lib qoladi, lablar ustida ajinlar ham paydo bo‘ladi. U tuxum, qo‘y go‘shti, xamirturush va pishloqda bo‘ladi.
B6 vitamini organizmda kamayib ketishi natijasida kishi yuragi o‘ynaydigan bo‘lib qoladi. U arpa non, karam, sabzi, qovoq, suzma, pishloq va baliqda bo‘ladi.
C vitamini inson organizmida kamayib ketsa, milklarda og‘riq paydo bo‘ladi, bo‘g‘imlar og‘riy boshlaydi, yaralar tez bitmaydi va kishi tez charchaydigan bo‘lib qoladi. U kartoshka, karam, bulg‘or qalampiri, turli xil oshko‘klar, qulupnay, limon va apelsinda ko‘p miqdorda uchraydi.

Yüklə 55,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin