Murakkab oqsillar tarkibidagi boshqa oqsil bo‘lmagan birik malarning
xarakteriga qarab, nukleoprotein, xromoprotein, lipoprotein va boshqa-
larga bo‘linadi. Xromoproteinlar rangli oqsillar bo‘lib, tirik organizmlar-
da ko‘p tarqalgan. Qondagi gemoglobin oqsili xromo proteinlarga kiradi,
uning tarkibida temir atomi mavjud. Nukleoproteinlar oqsil va nuklein
kislotalarning birikishidan hosil bo‘lgan murakkab birikmalardir. Ular
barcha tirik organizmlarning tarkibida uchraydi va yadro hamda sitoplaz-
maning ajralmas qismi hisoblanadi.
23- §. Oqsillarning xossalari. Oddiy va murakkab oqsillar
61
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
24- §. Uglevodlar
Murakkab oqsillarga misol keltiring.
oddiy oqsillar bir-birlaridan qaysi xususiyatlariga qarab farqlanadi?
Xromoproteinlar qanday oqsillar tarkibiga kiradi?
1.
2.
3.
Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik birikmalar bo‘lib, ular
umumiy C
n
(h
2
o)
m
formula bilan ifodalanadi. «Uglevod» atamasining
nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o‘zaro nisbati xuddi suv mole-
kulasiga o‘xshashligidan kelib chiqqan.
Uglevodlar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega
birikma lardir. Ular oqsillar, nuklein kislotalar va yog‘larni hosil bo‘lishi-
da alohida ahamiyatga ega. Uglevodlarning ko‘pchiligi o‘simliklarda
zaxira modda sifatida to‘planadi. Masalan, paxta tolasini, kanop o‘sim-
ligi po‘stlog‘ini selluloza deb ataluvchi polisaxarid tashkil qiladi. Krax-
mal esa ildizmevali, tugunakli o‘sim liklarda va donli o‘simliklarning
urug‘larida zaxira modda sifatida to‘planadi. Hayvon hujayralarida ug-
levodlarning miqdori kam bo‘lib, 1—2% ni, ba’zan 5% ni tashkil qiladi.
o‘simlik hujayralarida esa uglevodlar ko‘p miqdorda uchraydi va ayrim
hollarda quruq massaning 95% dan (paxta tolasida) iborat bo‘ladi. Ug-
levodlar ikki xil: monosaxarid va polisaxaridlarga bo‘linadi. Monosaxar-
idlar oddiy uglevodlar yoki shakarlardir. Ulardan eng muhimlari glukoza
(uzum shakari) va fruktoza (meva shakarlari) hisoblanadi. Glukozaning
qondagi miqdori 0,1—0,12% ga teng. Riboza bilan dezoksiriboza ham
monosaxaridlarga mansub va ular nuklein kislotalar tarkibida uchraydi.
Ikkita monosaxariddan tashkil topgan birikma
disaxaridlar
deb atala-
di. Bularga saxaroza (qand lavlagi shakari), maltoza (don shakari), laktoza
(sut shakari) misol bo‘ladi.
Ko‘p sonli monosaxaridlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan murak-
kab uglevod
polisaxaridlar
deb ataladi. Kraxmal, glikogen, selluloza kabi
moddalar polisaxaridlarga misol bo‘ladi. Paxta tolasi deyarli toza sellulo-
zadan iborat. Bularning monomerlari glukoza hisoblanadi.
Polisaxaridlar tirik organizmlarda ikkita asosiy: qurilish va energetik
vazifalarni bajaradi. Masalan, selluloza o‘simlik hujayrasining qobig‘larini
hosil qilishda ishtirok etadi; murakkab tuzilishga ega bo‘lgan xitin mod-
|