Mavzy №1. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li
Reja:
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi.
2. Dunyoqarash va uning tarixiy shakllari.
3. Dunyoni idrok etishda falsafiy dunyoqarashning roli .
4. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlntirishni va xalqaro aloqalarni tashkil etishning ahamiyati
I
. Falsafa atamasining kelib chiqishi
. Talaba seminar mashg’lotiga tayyorgarlik ko’rish jarayonida 1-
masalani yoritishda «Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi, mohiyatiga etiborni qaratadi.
Har
qanday
noma‟lum so‟z mazmunini uning etimologiyasidan, ya‟ni u qachon, qanday va
nima uchun yuzaga kelganini
aniqlashdan boshlash o‟rinli bo‟ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik
so‟zlaridan kelib chiqqan bo‟lib, mazkur atamaning dastlabki ma‟nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish
mumkin. Falsafa so‟zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri pifagor miloddan avvalgi
VI asrda tayyor holda
(afsonalar, rivoyatlar, an‟analar orqali) avloddan-avlodga o‟tuvchi bilim va inson o‟z aqliga tayanib,
mushohada
yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo‟li bilan olishi mumkin bo‟lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Shuni ta‟kidlash lozimki, pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa»
tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo‟lgan va mohiyat e‟tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi»
darajasiga ko‟targan ma‟nosidan boshqacharoq ma‟no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o‟zlarini donishmand deb
hisoblamaganlar va donolikka da‟vo qilmaganlar, zero, o‟sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko‟ra,
haqiqiy
donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o‟tib kelayotgan afsonalar,
din va rivoyatlarda
mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so‟nggi haqiqat manbai
sifatidagi bilimlarga ega
bo‟lgan bashoratgo‟ylar, kohinlar va oqsoqollar e‟tirof etilgan. Ularning so‟zlari birdan-bir to‟g‟ri deb qabul
qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko‟ra, izlanuvchi, donishmandlik muxlisi bo‟lishi, e‟tiqod sifatida qabul
qilingan
tayyor haqiqatlarga emas, balki o‟z aqliga tayanib, ijodiy yo‟l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar
tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo‟lgan.