Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi


Diniy dunyoqarashning shakllanishi va mohiyati



Yüklə 292,37 Kb.
səhifə6/44
tarix19.12.2023
ölçüsü292,37 Kb.
#185887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Mavzy №1. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li -fayllar.org

Diniy dunyoqarashning shakllanishi va mohiyati. Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (Din
so‟zi arabchadan tarjimada e‟tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma‟nolarni anglatadi.) Mif kabi, din zamirida ham
e‟tiqod, tuyg‟ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki
bosqichlarida, ya‟ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo‟lgan bo‟lsa-da, umuman olganda u
dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif ta‟sirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati
sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.
Diniy dunyoqarash odamlarning g‟ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga 
bo‟lgan e‟tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o‟ziga xos harakatlaridir. Agar mifologiyada an‟anaga, 
rivoyat qiluvchining, ya‟ni oqsoqolning obro‟siga e‟tiqod kuchli bo‟lsa, dinda g‟ayrioddiy narsalarga e‟tiqod 
birinchi o‟rinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro‟si esa ikkinchi darajali rol o‟ynaydi.
Xullas, din murakkab ma‟naviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‟lib, unda e‟tiqod muqarrar tarzda
birinchi o‟ringa qo‟yiladi va hamisha bilimdan ustun turadi.
bga ko‟ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‟xshamaydi.
Dinning asosiy funksiyalari. Mif bilan taqqoslaganda, din funksiyalari murakkabroqdir. Din funksiyalari
orasida quyidagilarni farqlash mumkin:

dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi butun borliq qachon va nima uchun paydobo‟lgan va bunda 
g‟ayrioddiy kuchning olamshumul roli qanday namoyon bo‟lgan, degan savollarga javob beradi; 

kommunikativ funksiyasi muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan ti‟ini ta‟minlaydi, jamiyatning 
jipslashuvi va yaxlitligiga ko‟maklashadi; 

tartibga solish funksiyasi odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli me‟yorlar va qoidalarni 
belgilaydi; 

kompensatorlik funksiyasi etishmayotgan axborot, diqqat-e‟tibor, g‟amxo‟rlik o‟rnini to‟ldiradi, hayot 
ma‟nosi, istiqbollar va shu kabilarning yo‟qligini sezdirmaydi, ya‟ni insonning kundalik hayotda qondirilmagan 
ehtiyojlari o‟rnini to‟ldiradi.
Agar mifologiya va dinda javobga urg‟u berilsa, bilishning butun mazmuni unda mujassamlashsa, falsafada 
savol, masala birinchi o‟rinda turadi. U to‟g‟ri va yaxshi ta‟riflangan bo‟lsa, muammoning mohiyati aniq aks etadi. 
Savol, masala insonni ijodga rag‟batlantiradi, toki unga qoniqarli javob olinib, haqiqatning tagiga yetilganiga 
ishonch paydobo‟lmagunicha insonni izlanishga da‟vat etadi. Bunda savolning o‟zi, muammoning qo‟yilishi
javobdan kam ahamiyat kasb etmaydi, ba‟zan undan ham muhimroq deb qaraladi.
Shuni ham qayd etib o‟tish lozimki, falsafa, garchi muayyan natijalarga, mukammal ta‟riflarga, uzil-kesil
xulosalarga intilsa-da, lekin shuning o‟zi bilan kifoyalanmaydi. Falsafani avvalo inson madaniyati sohasida yuz
berayotgan, turli qarama-qarshiliklar va o‟zaro ta‟sirlar bilan uzviy bog‟liq va ayni vaqtda o‟zga sohalarga o‟tish va
ularda gavdalanish qobiliyatiga ega bo‟lgan ma‟naviy jarayon sifatida tushunish lozim.
Bundan xulosa shuki, falsafiy mushohada yuritish savol berish, shubha qilish, javoblar izlash va kuni kecha 
yechilgan deb hisoblangan, shak-shubhasiz bo‟lib tuyulgan masalalarga qaytish demakdir. Falsafa uchun «boqiy»,
uzil-kesil aniqlangan haqiqatlar, «noqulay», «ilmoqli» savollar yoki man etilgan mavzular mavjud emas. Falsafa 
savollar berish, narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga harakat 
qiladi.
Xullas, falsafa haqiqat qanday bo‟lsa, uni shunday ifodalab ko‟rsatishdir, din esa –uning ramziy, timsoliy aks 
etishi. Falsafa asos va mohiyat bo‟lsa, din timsol va shakl. Dialektik munozara usuli jamiyatning kam sonli ayonlari
uchun kerak. Vahiy yo‟lidagi ifoda – xalq ommasining idroki, tarbiya va ta‟limi uchun kerak.

Yüklə 292,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin