Mavzy №1. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li -fayllar.org
Falsafa fanining predmeti, funktsiyalari. Endi «Falsafa nimani o‟rganadi?», degan savolni berishimiz
mumkin. Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg‟otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o‟ziga ma‟lum bilimlar va tajribaga, muayyan e‟tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‟diradigan har qanday ob‟ektiv va sub‟ektiv borliqdir. Boshqacha aytganda, inson o‟z qiziqishi ob‟ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish
maqsadida savol berishga asos bo‟lishi mumkin bo‟lgan hamma narsa falsafaning predmetidir. Shu munosabat bilan
u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to‟g‟risida so‟z yuritish mutlaqo o‟rinli
bo‟ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Biroq ayni holda bizni fan sifatidagi, ayrim insonning emas, balki butun jamiyatning rivojlanish mahsuliga
aylangan ijtimoiy hodisa sifatidagi falsafa qiziqtiradi va ayni shu sababli yuqorida keltirilgan ta‟rifda «inson»
tushunchasi yig‟ma ma‟noda qo‟llanilgan. Bu yerda shuni ta‟kidlab o‟tish lozimki, garchi falsafaning predmetiga biz
umumiy nuqtayi nazardan ancha keng ta‟rif bergan bo‟lsak-da, ayrim tarixiy davrlarda odatda u yoki bu sabablarga
ko‟ra muayyan masalalar doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‟ringa chiqadi.
Masalan, qadimgi Yunonistonda kosmotsentrizm ilk falsafiy ta‟limotlarning o‟ziga xos xususiyati bo‟lib,
bunda asosiy e‟tibor «kosmos», «tabiat»ni anglab etishga qaratilgan. Keyinchalik, qadimgi yunon shahar-polislari
ravnaq topgan davrda faylasuflar diqqat markazidan ijtimoiy muammolar, axloq, davlat qurilishi masalalari o‟rin
oldi. Yevropada xristianlikning, Sharqda islom dinining keng qamrovli rivojlanishi, dinga e‟tiqodning kuchayishi va
davlat siyosati darajasiga ko‟tarilishi natijasida o‟rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. theos – markazdan o‟rin
olgan xudo) xususiyat kasb etdi, ya‟ni Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmetiga aylandi.
Uyg‟onish davrida falsafa san‟at (estetika)ga va ko‟p jihatdan insonga murojaat qilindi.. yangi davr deb
nomlanuvchi XVII-XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy bog‟landi, natijada falsafiy
tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o‟rin oldi.
XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan «klassik falsafa» va oqilonalik inqirozi irratsionallik, intuitivlik,
ongsizlik muammolarini namoyon etdi, XX asrning birinchi yarmida ular «noklassik falsafa» tahlilining asosiy
predmet iga aylandi, bu esa, o‟z navbatida, matnlar mantig‟i, tili, ularni talqin qilish va sharhlashga alohida qiziqish
uyg‟onishiga olib keldi. XX asrning so‟nggi o‟n yilliklarida hozirgi madaniyatdagi inqiroz hodisalarini va yangi
axborot texnologiyalarining, shuningdek ommaviy kommunikatsiya vositalarining jadal sur‟atlarda rivojlanishi bilan
belgilangan muammolarni kun tartibiga qo‟ygan postnoklassik falsafa shakllandi. Bu falsafa vakillari «tarixiy
rivojlanishning tugallanganligi», barcha ma‟nolar va g‟oyalar «aytib bo‟linganligi» haqida mushohada yuritib, inson
o‟ziga yog‟ilayotgan axborotga ishlov berishga qodir emasligiga e‟tiborni qaratar ekan, notizimlilik, Yevropa
an‟anaviy falsafiy bilimining negizlari, qadriyatlari va chegaralarini o‟zgartirish g‟oyasini ilgari surdilar.
Nihoyat, XX-XXI asr chegarasida eng yangi falsafada birinchi o‟ringa chiqqan va eng muhim mavzular
qatoridan o‟rin olgan yana bir mavzu globallashuv jarayonlarining mohiyatini va ularning rivojlanish yo‟nalishini
aniqlashga alohida e‟tibor qaratildi. Bu jarayonlar hozirgi vaqtda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini
qamrab oldi va davrimizning olamshumul muammolarini yuzaga keltirdiki, ularning nazariy va amaliy yechimini
to‟ish bu muammolarni falsafiy darajada anglab etishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda alohida e‟tibor berish
va kelishilgan harakatlarni taqozo etuvchi eng muhim muammolar qatoriga ekologiya, demografiya, xavfsizlik,
xalqaro jinoyatchilik, energetika resurslari, qashshoqlikka chek qo‟yish muammolarini kiritish mumkin.
Ko‟rib turganimizdek, falsafaning predmetini qandaydir bitta, qat‟iy cheklangan, muayyan masalalar doirasi
bilan bog‟lash mumkin emas. U vaqt omiliga va ob‟ektiv sabablar to‟plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki
ularning muayyan majmui tarzida birinchi o‟ringa chiqadi. Ammo bu boshqa mavzular, masalalar va muammolar
o‟z ahamiyatini yo‟qotadi va falsafa chegarasidan chetga chiqadi, uning tahlil predmeti bo‟lmay qoladi, degan
ma‟noni anglatmaydi. Bosh mavzularni ikkinchi, uchinchi yoki undan ham keyingi o‟ringa surib qo‟yadi, ular
muayyan davrda va tegishli sharoitda falsafiy diqqat markazidan o‟rin olish yoki falsafiy muammolarning ustuvor
yunalishi bo‟ylab yuqoriga ko‟tarilish uchun o‟z vaqtini «kutib», go‟yoki panada turadi, desak, to‟g‟riroq bo‟ladi.
Ayni shu sababli biz falsafa tarixida qiziqishlardagi ustuvorliklarning muttasil o‟zgarishini, u yoki bu masala bosh
masalaga aylanishi, falsafiy hamjamiyatning asosiy e‟tibori ma‟lum vaqt mobaynida unga qaratilishini ko‟ramiz.