yildan Yunesko qaroriga binoan, butun dunyoda har yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida o‟tkaziladigan
“Jahon falsafa kunlari” ham, hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e‟tiborini qaratadigan Jahon
falsafa Kongresslari ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada o‟tkazilgan,
1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o‟tkazish an‟anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida
(AQSH) bo‟lib o‟tgan XX jahon falsafa kongressi “„aydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa” mavzusiga
bag‟ishlangan bo‟lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o‟tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon
muammolari bilan yuzma-yuz” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta
Osiyo mamlakati bo‟lmish Koreya Respublikasining Seul shahrida “Hozirgi davrda falsafani qayta anglash” degan
umumiy mavzu ostida bo‟lib o‟tdi. Kongresslarning mavzularidan ko‟rinib turganidek, falsafa real hayot bilan uzviy
bog‟liq va eng muhim muammolarni anglab etishga xizmat qilib keldi. Shunday muammolardan biri – insonni shaxs
sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta,
qadimgi davr mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi.
Dostları ilə paylaş: