Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin
bo‟lmagan, ya‟ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‟lmagan narsalar va hodisalarni oqilona
yo‟l bilan tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o‟rganilgan
hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‟z yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga
bo‟lgan qondirilmagan qiziqish o‟rnini ma‟lum darajada to‟ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga
kamroq o‟rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning
mezonlari qanday?», degan masalalar bilan bog‟liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda
haqiqatning tagiga etishga qarab mo‟ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.
Metodologik funksiyasi to‟g‟risida so‟z yuritganda metod tushunchasiga murojaat etish o‟rinli bo‟ladi. Bu
tushuncha yunoncha methodos – yo‟l, tadqiqot, tekshirish so‟zidan kelib chiqqan bo‟lib,
u yoki bu maqsadga
erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o‟zlashtirishga qaratilgan usullar yoki
amallar majmuini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‟zi o‟rganayotgan predmetning
tadqiqot yo‟lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o‟rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga
kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi.
Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim ro‟l o‟ynaydigan
har xil kategoriyalarni ishlab chiqishidan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta‟kidlab o‟tish lozimki, falsafa o‟ta
keng tushunchalar, ya‟ni kategoriyalar bilan ish ko‟rar, ularni ta‟riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda
dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi.
Falsafaning integrativ funksiyasi fan bilan chambarchas bog‟liq.
Real borliqning yangi va yangi ob‟ektlari va
Dostları ilə paylaş: