1.
2.
3.
Suvning biologik ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan suv molekulalarining
fazoviy tuzilishini tushintirib bering.
Tirik organizmlar tarkibida ko‘p uchraydigan mineral tuzlarni ayting.
Hujayraning buferlik xossasi qaysi moddalar bilan bog‘liq?
Turli xil organizmlarda suvning har xil miqdorda bo‘lishini
tushuntiring.
Nima uchun barcha kimyoviy jarayonlar suvli muhitda amalga
oshishini tushuntiring.
1.
2.
57
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
VI bob
Hujayra tarkibiga kiruvchi organik birikmalar
21- §. Biomolekulalar
Tirik organizmlar hujayrasining o‘rtacha 20—30% ini organik birik-
malar tashkil qiladi. Ular xilma xil katta va kichik molekular og‘irlikka
ega bo‘lgan moddalar bo‘lib,
biomolekulalar
deb ataladi. K ichik
molekulali oddiy organik molekulalar
monomerlar
deb ataladi. Ko‘p sonli
monomerlar bir-biri bilan qo‘shilib, juda katta molekulalarni hosil qiladi.
Ular
makromolekula
yoki
polimerlar
deb ataladi. Barcha tirik organizmlar
tarkibida asosan to‘rt xil makromolekulali organik birikmalar: uglevod,
oqsil, nuklein kislota va lipidlar uchraydi. Bulardan oqsil, nuklein kislota
va uglevodlar
biopolimerlar
deb ataladi. Chunki ular bir biriga o‘xshash
tuzilishga ega bo‘lgan monopoli merlardan ya’ni, aminokislota, nukleotid
va monosaxaridlardan iboratdir. Lipidlar bundan istisnodir.
Har bir tirik organizm yuqoridagi monomerlar asosida faqat o‘ziga
xos bo‘lgan biopolimerlarni hosil qilish xususiyatiga ega. Biopolimerlar
tirik orga nizmlarda turli xil vazifalarni bajaradi. Bularni uchta guruhga
ajratish mumkin. Birinchi guruh tuzilmalar hosil qiluvchi biopolimerlar
bo‘lib, polisa xaridlar va ayrim oqsillardan iborat. Ikkinchi guruh
biologik funksiyalarni, masalan, katalizatorlik yoki tashish (transport)
vazifasini bajaruvchi bio polimerlar bo‘lib, ularga asosan oqsillar kiradi.
Uchinchi guruh axborot saqlovchi informatsion polimerlar bo‘lib, nuklein
kislotalardan tashkil topgan.
Bulardan eng muhimlari oqsillar va nuklein kislota lardir. Uglevodlar
bilan lipidlar hujayrani energiya bilan ta’minlovchi biomolekulalar
hisoblanadi. Biomolekulalarning tuzilishi va bajaradigan vazifalariga
alohida to‘xtaymiz. Ular hayot faoliyatining barcha jarayonlarida hal
qiluvchi vazifalarni bajaradi.
Shu bilan birga hujayralarda bir qator kichik molekulali organik mod-
dalar — gormon, pigment, shakar, aminokislota, nukleotid va boshqalar
uchraydi. Turli tipdagi hujayralar har xil miqdordagi organik birikmalarni
saqlaydi. Masalan, o‘simlik hujayralarida uglevod ko‘p bo‘ladi. Hayvon
hujayralarida aksincha, oqsillar ko‘p uchraydi. Hujayraning qaysi ti pga
man subligidan qat’iy nazar, undagi organik
moddalar o‘xshash vazifalarni
bajaradi.
|