56
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
ida
tashqariga chiqariladi. Ko‘pchilik kimyoviy moddalar hujayraning tashqi
membranasi orqali faqat erigan holda o‘tishi mumkin.
Suv toza kimyoviy modda sifatida ham o‘ta muhim ahamiyatga ega. Bir
qator katalizatorlar ta’sirida suv gidroliz reaksiyalarini amalga oshiradi. Bu
reaksiyalarda suvning oH
–
va H
+
guruhlari turli xil molekulalarning erkin
valentligiga birikadi. Natijada yangi xususiyatga ega bo‘lgan
yangi modda
hosil bo‘ladi.
Suv katta issiqlik sig‘imiga va issiqlikni yaxshi o‘tkazish
xususiyatiga
ham ega. Shuning uchun hujayra ichidagi harorat deyarli o‘zgarmaydi yoki
hujayra atrofidagi muhitga nisbatan juda kam darajada farqlanishi mumkin.
Mineral tuzlar. Hujayradagi anorganik moddalarning katta qismi tuzlar
sifatida uchraydi. Ular ion holatida yoki qattiq erimaydigan tuz ko‘rinishi-
da bo‘ladi. Ion holda uchraydiganlar orasida K
+
, Na
+
, Ca
2+
tuzlari muhim
ahamiyatga ega. Chunki ular tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat —
qo‘zg‘atuvchanlikni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Hujayraning buferlik xususiyati uning ichki
qismidagi tuzlarning ara-
lashmasiga bog‘liq. Hujayraning ichki muhitini mo‘tadil darajada kuchsiz
ishqoriy holatda saqlab
turish qobiliyati uning
buferligi
deb ataladi. Hu-
jayraning ichki
muhit buferligini asosan H
2
Po
–
4
va HPo
4
2–
— anionlari
ta’minlaydi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik va
qonda buferlik vazifasini
h
2
Co
3
va HCo
–
3
bajaradi. Kuchsiz kislotalar
va kuchsiz ishqorlarning
anionlari vodorod ionlari hamda gidroksil-ionlar (oH
–
) bilan bog‘lanadi.
Natijada hujayraning ichki muhiti buferlik darajasi ya’ni, pH qiymati deyarli
o‘zgarmaydi. Ca va P ning asosiy qismi suyak to‘qimalarini hosil qilishda
ishtirok etadi. Ulardan asosan murakkab kalsiy fosfat va murakkab kalsiy
karbonat tuzlari ko‘rinishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: