nuklein kislotalar (“nukleus” — yadro) deb atalgan. Hozirgi vaqtda nuklein
kislotalar faqat yadroda emas, balki xloroplast va mitoxondriyada ham
mavjudligi aniqlangan.
64 HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI III BO‘LIM Nuklein kislotalardan biri hisoblangan DNKning tuzilishining kashf
etilishi biologiyaning yangi davrini boshlab berdi. Chunki bu kashfiyot
tirik hujayralar, binobarin, tirik organizmlar ham qanday qilib xuddi o‘zi-
ga o‘xshash nasl qoldirishining sirlarini ochishga imkon yaratdi. Shu bi-
lan birga u hayot faoliyatini qanday qilib boshqarish haqidagi axborotning
ko‘chirilishini ham ko‘rsatib berdi.
Nuklein kislotalarning monomerlari nukleotidlardir. Ulardan
uzun dan-uzoq polinukleotidlar hosil qilinadi. Nukleotidlar murakkab
tuzilishga ega. Ularning tarkibida fosfor kislotasi, monosaxarid va
azo‘t asoslari bo‘ladi. Ular bir-biridan azot asoslarining turiga qarab
to‘rtga ajratiladi. Bular adenin, guanin, sitozin va timin (urasil)
nukleotidlardir. Nuklein kislota tarkibidagi monosaxarid ikki xil:
riboza va
dezoksiribozadan iborat. Riboza va dezoksiribozaning molekulasida 5
ta uglerod atomi bo‘ladi, glukozada esa uglerod atomlarining soni 6 taga
teng.
Dezoksiriboza tarkibida bir atom kislorod yetishmasligi bilan
ribozadan farq qiladi. Bu ikkala monosaxarid bir polinukleotidda va bir
nuklein kislota tarkibida bir vaqtda hech qachon uchramaydi. Bir-biri
bilan har doim faqat ribonukleotidlar yoki faqat dezoksiribonukleotidlar
hosil qilib birlashadi. Shunday qilib, bu ikki xil monosaxarid ikki tipdagi
polinukleotidni va shu tufayli ikki xil nuklein kislotani hosil qiladi.
DNK molekula massasi juda katta bo‘lgan qo‘sh zanjirli polimer
birikma hisoblanadi. Bitta molekula tarkibida haddan tashqari ko‘p nuk-
leotidlar bo‘ladi (31- rasmda DNK molekulasining tuzilishi tasvir langan).
DNK molekulasi qo‘sh zanjirdan iborat. Qo‘sh zanjir bir-biriga to‘la mos
keladi va komplementardir. Zanjirlarning bir-biriga mos va komplemen-
tar bo‘lishi ham bir zanjirdagi purin asosi qarshisida pirimidin asosi
bo‘lishi ni talab qiladi. Purin asosida A va G kirsa, pirimidin asosiga TS
va T kiradi. Adeninga doim Timin komplementar, guaninga esa tsitozin
komplementardir. A-T o‘rtasida ikkita vodorod bog‘, G-TS o‘rtasida uch-
ta vodorod bog‘lar bo‘ladi. DNK qo‘sh zanjirining hosil bo‘lishi nukleo-
tidlar o‘rtasidagi komplementarlik bilan bog‘liqdir. DNK molekulasida
oqsil sintezi to‘g‘risida axborot joylashgan. Shu bilan birga DNK moleku-
lasi ana shu axborotning nusxasini ko‘paytirish xususiyatiga ega. Bu tirik
organizmlar haqidagi irsiy axborotni aniq holda nasldan naslga o‘tkazish
demakdir.