72 HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI III BO‘LIM Achish jarayonida energiya almashinuvi odatda uch bosqichga bo‘li-
nadi. Bi-rinchi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, unda murakkab uglevodlar,
yog‘lar, oqsil lar — glukoza, glitserin va yog‘ kislotalari, aminokislotalarga;
nuklein kislotalarning katta molekulalari esa nukleotidlarga parchalanadi.
Bu reaksiyalarda kam miqdorda energiya ajraladi va ular issiqlik energiya-
si sifatida tarqalib ketadi.
Ikkinchi bosqich — to‘liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish bo‘lib,
hujayra sitoplazmasida amalga oshiriladi. U anaerob nafas olish (gliko-
liz) yoki achish deb ham yuritiladi. «Achish» atamasi odatda o‘sim-
lik yoki mikroorganizmlar-ning hujayralarida kechadigan jarayonlarga
nisbatan qo‘llaniladi. Bu bosqichda moddalarning fermentlar ishti-
rokida parchalanishi yana davom etadi. Masalan, mushaklarda anae-
rob nafas olish tufayli glukoza molekulasi 2 molekula sut kislotasi-
gacha parchalanadi. Glukozaning parchalanish reaksiyalarida fosfat
kislota va ADF ishtirok etib, ulardan parchalanish natijasida ajralgan
ener giya hisobiga ATF molekulalari hosil bo‘ladi.
Achitqi zamburug‘larida glukoza molekulasi kislorodsiz sharoitda etil
spirti va karbonat angidridgacha parchalanadi. Bu jarayon
spirtli achish deb yuritiladi.
Boshqa mikroorganizmlarda glikoliz jarayoni atseton, atsetat kislota va
boshqalarni hosil qilish bilan tugaydi. Barcha hollarda glikoliz reaksiyalari
bir molekula glukozaning parchalanishi 2 molekula ATFni hosil
qilish bilan boradi. Glukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha
parchalanishi tufayli ajralib chiqayotgan energiyaning 40%i ATF tarkibida
to‘planadi, qolgani esa issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi.
Energiya almashinuvining uchinchi bosqichi — aerob nafas olish yoki
kislorodli parchalanish deb ataladi. Energiya almashinuvining bu bosqichi
fermentlar yordamida tezlashtiriladi. Hujayrada oldingi bosqichda hosil
bo‘lgan moddalar kislorod ishtirokida oxirgi mahsulotlar — Co
2
va H
2
o
gacha parchalanadi. Kislorodli nafas olish jarayonida juda katta miqdorda
energiya ajralib chiqadi va ular ATF molekulalarida to‘planadi. Ikki mole-
kula sut kislotani kislorodli sharoitda to‘liq parchalanishida 36 molekula
ATF hosil bo‘ladi. Demak, hujayrani energiya bilan ta’minlashda aerob
nafas olish asosiy vazifani bajaradi. Barcha tirik organizmlar energi-
yani olish turiga qarab ikkita katta: avtotroflar va geterotroflar guruhiga
bo‘linadi. Avtotroflar anorganik moddalardan hayot faoliyati uchun zarur