81 ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI IV BO‘LIM 1. 2. 3. 4. 5. 6. Hujayraning hayot sikli nima?
Hujayraning mitoz sikli nima?
Interfaza qanday bosqichlardan iborat?
Mitoz va uning bosqichlarida qanday jarayonlar kechadi?
o‘simlik va hayvon hujayrasining bo‘linishida qanday farqlar mavjud?
Mitozning biologik ahamiyati nimadan iborat?
IX bob Organizmlarning ko‘payishi 36- §. Ko‘payish xillari organizmlarning ko‘payish usullari juda xilma-xil va murakkab bo‘lishi-
ga qaramay, uning asosini ikki xil: jinsiy va jinssiz ko‘payish tashkil qiladi.
Jinsiy ko ‘ payish deb, jinsiy bezlarda hosil bo‘lgan, mahsus, jinsiy hu-
jayralar hisobiga nasllar gallanishi va rivojlanishiga aytiladi.
Jinsiy ko‘pa-
yish evolutsiya jarayonida paydo bo‘lib, organizmlar genotipini xilma-xil
bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Jinsiy ko‘payishda yangi avlod, har xil
ota-ona organizmdan hosil bo‘lgan ikkita jinsiy hujayraning qo‘shilishi
natijasida rivojlanadi. Lekin umurtqasiz hayvonlarning ayrim turlarida
jinsiy hujayralar bitta organizmda rivojlanadi. Bunday ikki jinsli hayvonlar
germafroditlar (qo‘sh jinslilik) deb ataladi.
o‘simliklar olamida, yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘pchiligida gullari
ham ko‘pincha ikki jinsli bo‘ladi. Gulli o‘simliklardagi ikki jinsli gullardagi
changchilarda erkak jinsiy hujayralar spermiylar, urug‘chisida esa urg‘ochi
jinsiy hujayralar tuxum hujayra yetiladi. Ikki jinsli gullarga olma, o‘rik,
gilos, behi daraxtlarining gullari misol bo‘ladi. Agar changchi gul alohida,
urug‘chi gul alohida bo‘lsa, bir jinsli gul deyiladi. Makkajo‘xori bir jinsli
gullar turkumiga kiradi. Ayrim o‘simliklarda changchili va urug‘chili gullar
har xil tuplarda rivoj-lanishi mumkin. Masalan, Turkiston ismalog‘i.
Ma’lumki, yangi organizm jinsiy hujayralar qo‘shilmasdan ham
rivojlani-shi mumkin. Ayrim hayvon va o‘simlik (erkak asalari, mayda
qisqichbaqasimon lari) turlarida urug‘lanmagan tuxum hujayradan yangi
organizmning rivoj la nishi kuzatiladi. Bunday ko‘payish usuli