A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

71
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
1.
2.
3.
4.
Dissimilatsiya jarayonida qanday jarayon namoyon bo‘ladi?
o‘simliklarda nafas olish nimalar yordamida amalga oshiriladi?
ATF qanday birikma?
Bir molekula glukoza parchalanganda qancha energiya ajralib chiqadi?
1.
2.
ozuqa moddalarining parchalanishi natijasida ajralgan energiya ni-
malarga sarflanadi?
Dissimilatsiya jarayonining energiya almashinuvi deb atalishini tu -
shuntiring.
olish tizimi orqali amalga oshiriladi. o‘simliklarda esa nafas olish organlari 
bo‘lmaydi. Ular to‘qima va hujayralar orqali nafas oladi.
ozuqa moddalarda to‘plangan kimyoviy energiya organik birikmalar 
molekulasidagi atomlarni bog‘lovchi har xil kovalent bog‘larda mujas-
samlashgan bo‘ladi. Bir molekula ya’ni, 180 g glukozaning C, H, o 
atom lari orasidagi bog‘larda to‘plangan potensial energiya miqdori 2800 
kJ ga teng. Fermentlar yordamida parchalanadigan glukozadagi energiya 
bosqichma-bosqich ajraladi:
C
6
h
12
o

+ 6 o
2
6 Co

+ 6 H
2
o + 2800 kJ.
ozuqa moddalardan ajralgan quvvatning bir qismi issiqlik energiyasi 
sifatida tarqalib ketadi. Boshqa qismi esa adenozintrifosfat kislota (ATF)
ning energiyaga boy fosfat bog‘larida to‘planadi.
Hujayrada kechadigan barcha jarayonlar: biosintez, mexanik ish (hu-
jayra bo‘linishi, muskullarning qisqarishi), moddalarning membranalar 
orqa li faol ko‘chirilishi, asab impulslarining o‘tkazilishi va boshqalarni 
energiya bilan ta’minlash ATF orqali amalga oshiriladi.
ATF molekulasi azot asoslaridan adenin, riboza shakari va uchta fosfat 
kislota qoldig‘idan tashkil topgan. Agar bu murakkab birikma tarkibida 
faqat bitta fosfat kislota bo‘lsa adenozinmonofosfat (AMF), ikkita fosfat 
kislota bo‘lganda esa adenozindifosfat (ADF) hosil bo‘ladi. Uchta fos-
fat kislota tutuvchi (ATF) molekulasi eng ko‘p energiyaga egadir. ATF 
tarkibidagi uchinchi fosfat kislotaning ajralishi 40 kj energiya chiqishi ga 
imkon beradi. ATF molekulasida energiyaga boy bog‘larning mavjudligi 
hujayraning kichik bir qismida katta miqdordagi energiyani to‘plashga va 
uni ehtiyojga qarab ishlatishga imkon yaratadi. ATF hujayraning maxsus 
organoidlari mitoxondriyalarda sintezlanadi. Bu organoidlar hujayraning 
turli qismlari uchun zarur bo‘lgan ATF molekulalarini yetkazib beradi va 
hayot faoliyati jarayonlarini energiya bilan ta’minlaydi.



Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin