73 HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI III BO‘LIM 31- §. Fotosintez 1. 2. 3. 4. Energiya almashinuvi necha bosqichga bo‘linadi?
«Achish» atamasi qaysi hollarda qo‘llaniladi?
Spirtli achish deb nimaga aytiladi?
Kislorodli parchalanish jarayoni qanday jarayon?
organik moddalarni hosil qiluvchi organizmlardir. Bularga deyarli barcha
yashil o‘simliklar, suv o‘tlari, ba’zi bakteriyalar kiradi. Avtotrof organizm-
lar qaysi
energiya manbaidan foydalanishiga qarab ikki guruhga: fototrof va
xemotroflarga bo‘linadi. Fototroflar quyosh energiyasidan, xemotroflar esa
kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadi.
Quyosh nuri ta’sirida o‘simliklarning yashil barglarida karbonat angid-
rid bilan suvdan murakkab organik birikmalar hosil bo‘lishi
fotosintez deb
ataladi. o‘simliklarning fotosintez jarayoni Yer yuzida quyosh energiyasini
organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantiruvchi birdan-bir vo-
sita hisoblanadi. o‘simliklarning kosmik ahamiyati ham ana shundadir.
Bu jarayonda hosil bo‘ladigan organik birikmalar tirik organizmlar uchun
ozuqa va energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga fotosintez
jarayoni atmosferani erkin kislorod bilan ham boyitadi. Fotosintez jarayo-
nini o‘rganish qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l hosil olishga ham imkon
yaratadi.
Yashil o‘simliklar fototrof organizmlar hisoblanadi. Ular hujayradagi
xloroplastlarda to‘plangan xlorofill pigmenti yordamida yorug‘lik energi-
yasini kimyoviy energiyaga aylantiruvchi fotosintez jarayonini amalga
oshiradi. Bu jarayon quyidagicha kechadi. Yorug‘lik kvantlari—fotonlar—
xlorofill molekulalari bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Natijada mo lekulalar qisqa
vaqt orasida ener giyaga boy «qo‘zg‘algan» holatga o‘tadi. Keyin qo‘zg‘al-
gan moleku lalarning ortiqcha energiyasi issiqlik yoki yorug‘lik sifatida
tarqaladi. Energiyaning qol gan qismi esa suvli eritmada uning dissotsiya-
lanishi tufayli doimo uchray digan vodorod ionlariga uzatiladi. Yorug‘lik
ta’sirida suv dissotsiya lanishi
fotoliz deb ataladi.
h
2
o H
+
+ oH
—
.
Natijada hosil bo‘lgan vodorod kuchsiz bog‘lar orqali vodorodni ko‘-
chiruvchi organik birikmalar bilan birikadi.
2h
+
+ organik birikma organik birikma H
2
.