Hujayraning barcha tarkibiy qismlari anorganik va organik moddalardan tashkil topgan. Hujayra tarkibida fosfor, oltingugurt, kalsiy, ka- liy, natriy, xlor, temir, mag- niy, kremniy kabi makro- elementlar va yod, mis, ko- balt, rux, nikel, oltin kabi mikroelementlar bo'ladi. Hujayra tarkibining 70 % dan ko'prog'ini suv tashkil etadi. Suv erituvchi xususiyatiga ega bo'lib, u hujayradagi barcha hayotiy jarayonlarda muhim o'rin tutadi. Suv, mikro va makroelementlar hujayraning anorganik moddalaridir. Hujayra tarkibidagi organik moddalarga oqsillar, yog'lar, uglevodlar, nuklein kislotalar kiradi.
Ovqat hazm qilishning nerv va gumoral boshqarilishini tushuntiring?
Ovqat hazm qilishning gumoral boshqarilishi. Giðofiz bezidan ajraladigan gormonlarning ba'zilari ovqat hazm qilish bezlari ishini kuchaytiradi, qalqonsimo bezning tiroksin gormoni esa bu bezlar ishini susaytiradi. Bundan tashqari, ovqat hazm qilish shartli reflekslar orqali ham boshqariladi. Bu reflekslarning markazi bosh miya katta yarimsharlarining po'stloq qismida joylashgan.Ovqat hazm qilishning nerv boshqarilishi. Ovqat hazm qilishning nerv markazi uzunchoq miyada va oraliq miyaning ko'rish do'mbog'i ostida (giðotalamusda) joylashgan. Bu nerv markazi parasimpatik (adashgan) va simpatik nervlar orqali ovqat hazm qilish organlari ishini boshqaradi. Tilda va og`izning shilliq pardasida ovqatning ta`mini sezadigan retseptorlar joylashgan Ovqat ma`zasi ta`sirida hosil bo`lgan qo`zg`alish sezuvchi nervlar orqali bosh miyadagi ovqat hazm qilish markaziga uzatiladi. U yerdan qo`zg`alish so`lak va oshqozon devori bezlariga kelib, so`lak va oshqozon shirasi ajralishiga ta`sir etadi. I.P.Pavlov odam ovqatni ko`rganda va uning hidini sezganda ajraladigan shirani so`lak sirasi deb atagan.
Venadan qоn ketganda birinchi yordam ko’rsatish.
Ko`pchilik venalardagi qon bosimi va qonning oqish tezligi kapillardagiga nisbatan birmuncha yuqori bo`ladi. Qon ketishi kapillarga nisbatan pon oqishi kuchliroq bo`lgan venalarda sodir bo`ladi. Shu sababdan shikastlangan joyda qon ivishidan hosil bo`ladigan qon laxtasi yuvilib ketib, odam qisqa vaqt ichida ko`p qon yo`qotishi mumkin. Kichikroq venalar shikastlanganda shikastlangan tomir siqib bog`lanib, bemor shifoxonaga jo`natiladii. Yirik venalar shikastlanganda arteriyalar shikastlangan kabi qon tomiri shikastlangan joydan yuqoriroqdan barmoq bilan bosib turib bu joyga rezina , bint yoki boshqa materialdan qovuzloq qo`yiladi. Teri shikastlanmasligi uchun qovuzloq ostiga bint yuki boshqa mato o`raladi. Mato orasiga tayoqcha kiritilib, qovuzloq qon to`xtaguncha buraladi va jarohatlangan joy bog`lab qo`yiladi. Bemor tezda shifoxonaga jo`natiladi. Qovuzloq 2 soatdan ortiq turmasligi lozim.