8 –bilet 1.Eritrositlarning tuzilishi va funksiyasi Eritrotsitlar - o‘rtasi ikki tomondan yupqalashgan disk shaklidagi qizil rangli yadrosiz hujayralar. Bunday shakl hujayra yuzasim kengaytirib, gaz almashinuvini yaxshilaydi. Ulaming o‘lchami juda kichik bo‘lib, millimetrning mingdan bir qismiga to‘g‘ri keladi. 1 mm3 qonda 4 6 mln, o‘rtachamln dona eritrotsit bo‘ladi. Eritrotsitlar to‘rt oyga yaqtn yashaydi (120 kun). Organizmda eritrotsitlar o‘t, jigar va terida saqlanadi. Bu organlarda eritrotsitlarning 70 % dan ko‘proq qismi saqlanishi mumkin. To‘qima va organlarda qonga ehtiyoj tug‘ilganida bu organlar zarur miqdorda qon beradi. Faoliyati tugab bo‘lgan eritrotsitlar jigarda va taloqda yemiriladi.Qonning qizil rangi eritrotsitlar tarkibidagi gemoghbinga bogiiq. Gemoglobin kislorodni to'qimalarga tashiydi. Gemoglobin ikki qismdan iborat. Uning oqsil qismi globin,temir saqlovchi oqsilli qismi gem deyiladi. 0‘pka kapillarlarida gemoglobin kislorod bilan birikib - oksigemoglobinrti hosil qiladi. Kislorod bilan to'yingan q0n och qizil tusda bo'lib, arteriya qora deyiladi. To'qimalarda oksigemoglobin yana gemoglobin va erkin kislorodga parchalanadi. Erkin kislorodhujayralarga o'tadi. Kislorodini hujayralarga berib, karbonat angidrid gazi bilan to'yingan qon to‘q qizil bo'lib, vena qoni deyiladi.
2.Organizmda yog’lar almashinuvining o’ziga xos xususiyatlari Yog‘lar almashinuvi. Yog‘lar organizm uchun energiya manbai bo‘lib, zaxira oziq holda teriosti biriktiruvchi to‘qimasi va ichki organlar atrofida to‘planadi. Yog‘lar parchalanganida karbonsuv va oqsillarga nisbatan ikki baravar ko‘proq energiya ajralib chiqadi. Bundan tashqari, yog‘lar hujayra va uning organoidlari membranasi tarkibiga kiradi. Yog‘ issiqlikni yaxshi o‘tkazmaydi. Shu sababdan ten ostidagi yog‘ qatlami tana harorati doimiyligini saqlashda ahamiyatga ega. Biriktiruvchi to‘qimada to‘planadigan yog‘lar organlarni mexanik ta’sirdan himoya qiladi. 1 g yog‘ organizmda kislorod ta’sirida oksidlanib, 9,3 kkal energiya ajratadi. Ovqat hazm qilish naylarida yog‘lar yog‘ kislotalari va glitseringa parchalanib, limfaga, undan qonga o‘tadi. 0‘simlik moylarida hayvon yog‘larida uchramaydigan, ya’ni almashinib bo‘lmaydigan yog‘lar mavjud. Shu sababdan ovqatda hayvon yog'lari bilan bir qatorda, o‘simlik moylari ham bo'lishi lozim. Organizmda yog‘- laming ko‘pchilik qismi zaxira sifatida to'planadi Zaxira yog'lardan oziq tanqisligi paydo bo‘lganida yoki ko‘proq energiya sarflanishi zarur bo‘lib qolganda foydalaniladi.