15–bilet 1.Trombotsitlar. Qonning ivish jarayonini tushuntirib bering? Trombotsitlar, ya’ni qon plastinkalari — qonning yadrosiz hujayralari. Duma- loq oval shaklda, diametri 3 4 mkm ga teng. Suyaklar ko‘migi va taloqda hosil bo'lib, 2-5 kun yashaydi. 1 mm3 qonda 300-400 ming trombotsitlar bor. 2.Spirtli ichimliklar va chekishning ovqat hazm qilish organlariga ta’siri Spirtli ichimliklar va chekishning ovqat hazm qilishga ta’siri. Spirt oshqozon devoridan qonga so‘rilib, oshqozon bezlari faoliyatini tezlashtiradi, shira ajralishini kuchaytiradi. Buning natijasida spirtli ichimlik ichgan kishining ishtahasi ochilib, ko‘p ovqat yeydi. Lekin keyinchalik bezlar faoliyati pasayib, shira ajralishi kamaya boradi. Ichishga ruju qo‘ygan kishining ishtahasi yo'qolib, organizmida ovqatning hazm bo'lishi va so'rilishi qiyinlashadi. Spirtli ichimliklarni surunkali iste’mol qilish oshqozon shilliq qavatining yallig'lanishi - gastritni paydo qiladi. Alkogol ta’sirida jigar hujayralari yallig‘lanib, surunkali jigar kasalligi - gepatit kelib chiqadi. Gepatit alkogol ta’sirida jigar sirrozi (jigar hujayralarining yemirilishi)ga olib keladi (57-rasm). Bundan tashqari, spirtli ichimliklar fermentativ sistema ishini buzib, organizmda vitamin taqchilligiga sabab bo‘lishi, oshqozonosti bezining yallig‘lanishi keltirib chiqarishi mumkin. Ovqat hazm qilish sistemasiga tamaki tutuni tarkibidagi nikotin va benzol kabi zaharli moddalar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu moddalar oshqozon shilliq qavatini yallig‘lantirib, surunkali gastrit, hatto oshqozon yarasini paydo qiladi. Chekish qon tomirlarini toraytinb, shira ajralishini buzadi. Tamaki tutuni og‘iz bo‘shlig‘idagi retseptorlaming sezuvchanligini pasaytiradi. Shu sababdan chekuvchilarning ta’m bilish qobiliyati va ishtahasi pasayadi. Nos chekish ovqat hazm qilish sistemasiga yanada kuchliroq ta’sir qiladi. Nos tarkibida nikotin va boshqa zaharli moddalar bilan birga ohak va kul ham bo‘ladi. Bu moddalar so‘lak ta’sirida erib, til ostidan qonga so‘riladi. Nosning bir qismi og'iz bo‘shlig‘idan so'lak bilan oshqozon va ichakka tushib, ular shilliq pardasi yalligManishiga sabab bo'ladi.