8-sinf 1-bilet Hujayraning kimyoviy tarkibi


Raqamlar bilan belgilangan bosh miya qismlarini aniqlang ?



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə17/37
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90194
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
BIOLOGIYA FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2020 yil

3. Raqamlar bilan belgilangan bosh miya qismlarini aniqlang ?
Bosh miya bo'limlari: 1 - katta yarimsharlar, 2 - oraliq miya, 3 - o‘rta miya,
4- ko'prik, 5 - uzunchoq miya, 6 - miyacha, 7 - qadoq tana.

16–bilet
1.Terining tuzilishi va funksiyasi
Terming ahamiyati. Ten tanani tashqi tomondan qoplab turadi va himoya, termoregulatsiya, nafas olish, ayirish, tuyg‘u funksiyasini bajaradi. Teri orga­nizmni ortiqcha suv yo‘qotishdan va mexanik ta’sirdan saqlaydi, kasallik tug‘di- ruvchi mikroorganizmlardan himoya qiladi. Teri bezlari ter va yogc ishlab chiqaradi. Mo'tadil sharoitda ter bezlari orqali bir sutkada 500 ml suv va unda erigan almashinuv mahsulotlari - mineral tuzlar ajraladi.Teri ultrabinafsha nurlar ta’sirida D vitaminini sintezlaydi, organizmda gaz almashinuvida ishtirok etadi. Organizm uchun zarur bo'lgan kislorodning 1 % i teri orqali o‘tadi, moddalar almashinuvida hosil bo‘ladigan karbonat angidridning 2% i teri orqali chiqib ketadi. Katta yoshdagi odam terisining umumiy sathi 1,5—2 m4 ga yetadi. Terida bosim, og'riq va haroratga sezgir retseptorlar joylashgan.Nos va tamaki chekadigan kishilar orasida og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach, oshqozon raki ko‘proq uchraydi.
2.Organizmda suv va mineral tuzlar almashinuvinig ahamiyati
Moddalar almashinuvi suv va mine­ral moddalarning almashinuvini ham o‘z ichiga oladi. Suv barcha to'qimalar va hujayralar tarkibiga kiradi. 0‘rta yoshdagi odamlar tanasining 60-70 % ga yaqini suvdan iborat. Yosh organizmda esa suv ancha ko'proq, masalan, chaqaloqlarda 80 % ga yaqin boladi.Suv - organizm ichki muhitining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Hujayra- lardagi barcha kimyoviy reaksiyalar suv muhitida amalga oshadi. Suv moddalar almashinuvi jarayonlarida qatnashadi. Moddalar almashinuvi mahsulotlari suv orqali tashiladi. Tana haroratining boshqarilishida ham suv katta ahamiyatga ega. Issiq havoda suv ter bezlari orqali bug'lanib, tana haroratining oshib ketishiga yo‘l qo'ymaydi.Mineral tuzlar organizm ichki muhiti tarkibining turg'unligini saqlaydi. Osh tuzi to‘qimalardagi suvni tutib turish uchun zarur. Bu tuz kamayib ketganid organizm tez suvsizlanib qoladi. Kalsiy tuzlari qonning ivishida ishtirok etadi va suyak to'qimasi tarkibiga kiradi. Shu sababdan o‘sayotgan yosh organizm uchun kalsiy zarur bo‘ladi, Ovqat tarkibida ko‘pchilik tuzlar yetarli, faqat osh tuzi yetishmaydi. Shu sababdan ovqatga tuz solinadi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin