8-sinf 1-bilet Hujayraning kimyoviy tarkibi


Nafas olishda ko’krak qafasining harakatini kuzatish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə19/37
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90194
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
BIOLOGIYA FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2020 yil

3. Nafas olishda ko’krak qafasining harakatini kuzatish
Kerakli Jihozlar va asboblar: sekundomerli soat, santimetrli o'lchov tasmasi. Ishni bajarish tartibi:
o'quvchi kiyimining beldan yuqorisini yechib, stulga o'tiradi;
tinch nafas olayotgan o‘quvchining ko'krak qafasi va qornining holati, bir minutda nafas olishi soni aniqlanadi;
o'quvchi o‘rnidan turib tinch holatda nafas olganida va nafas chiqarganida uning ko'krak qafasining aylanasi orqa (kurakning ostidan) va oldingi (ko'krak bezi usti) tomondan o'lchanadi;
o'quvchi chuqur nafas olganida va chuqur nafas chiqarganida ko'krak qafasining aylanasi o'lchanadi;
tinch nafas olinganida va nafas chiqarilganida, chuqur nafas olinganida va nafas chiqarilganida ko'krak qafasi aylanasi o'rtasidagi farq aniqlanadi.


18–bilet
1.Yurak ishining nerv va gumoral boshqarilishi
Yurak ishining nerv boshqarilishi. Yurakning qisqarish tezligi va qisqarish kuchi tashqi va ichki muhit sharoitiga bog'liq. Organlarning ishlashiga qarab ularning qon bilan ta’minlanishi ham o‘zgarib turadi. Yurak qisqarishi tezligi va kuchi oshgan sayin qon tomirlariga chiqadigan qon ko‘paysa, aksincha, yurak qisqarish kuchi va tezligi kamaygan sari qon tomirlariga chiqadigan qon miqdori kamayib boradi. Yurakning nerv sistemasi reflektor tarzda boshqarib turiladi. Parasimpatik nervlar orqali orqa miyaga keladigan nerv impulslari yurak ishi va qisqarishini sekinlashtiradi. Simpatik nervlar orqali keladigan nerv impulslari esa yurakning qisqarishini kuchaytiradi va qisqarish tezligim oshiradi.


Yurak ishining gumoral boshqarilishi gormonlar va boshqa biologik faol moddalar bilan bog‘liq. Buyrakusti bezi gormoni adrenalin, kalsiy tuzlari yurakning qisqarishini kuchaytiradi va tezlashtiradi. Buyrakusti bezining miya qismida ishlab chiqariladigan adrenalin gormoni, xuddi simpatik nervga o‘xshab, yurak ishini tezlashtiradi va arterial bosimni oshiradi. Gipofiz bezining orqa bo‘lagidan chiqadigan vazopressin gormoni ham qon tomirlarini toraytirib, bosimni oshiradi. Boshqa biologik faol moddalar va kalsiy tuzlari esa yurak ishiga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Qon aylanish sistemasi organlari ishining boshqarilishi nerv sistemasi va gumoral omillarning organlarga birgalikda ta’sir ko!rsatishi bilan bog‘liq. Masalan, kishi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganida muskullar va paylardagi retseptorlardan keladigan nerv impulslari markaziy nerv sistemasiga kelib, yurak ishini boshqarib turadi

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin