2.Tishlarning tuzilishi va ahamiyati Tishlar yuqori va pastki jag‘larda joylashgan. Firnk- siyasiga binoan kurak, qoziq, katta va kichik oziq tishlar bo‘ladi (52-rasm). Tishlar jag‘lardagi tish alveolalarida joylashgan. Odatda, odamda 32 ta doimiy tishlar, yosh bolalarda 20 ta sut tishlari bor. Tishning milkdan chiqib turadigan koronkasi, milk ichidagi bo‘yinchasi, jag‘chuqurchasi - alveolasi ichida joylashgan ildizchasi bor (53-rasm). Tish ildizining uchki qismida joylashgan teshikcha orqali tish bo‘shlig‘i - pulpaga qon tomirlari va nervlar kiradi. Tishlar bir ildizli (kurak, kichik qoziq tishlar), ikki va uch ildizli (katta oziq tishlar) bo‘ladi. Tish ildizi tish chuqurchasigaperiodont orqali mustahkam birikkan. Tish dentindan iborat koronkasi emal, ildizi — sement bilan qoplangan. Emal 96— 97 % mineral (fosfor va kalsiy, biroz ftor) tuzlardan, dentin 28 % organik va 72 % mineral (fosfor, kalsiy, magniy, ftorli kaliy)dan iborat. Sementntng tarkibi suyakka o'xshaydi. Koronkasi shakliga binoan kurak, qoziq, kichik va katta oziq tishlar bo'ladi. Kurak tishlar koronkasi ponasimon, ildizi bitta, qoziq tishlar koronkasi ikki qirrali bo'ladi. Kichik oziq tishlar koronkasi chaynash yuzasida bo‘rtiqlar boiadi. Katta oziq tishlar koronkasi kubsimon, chaynash yuzasida bir necha bo‘rtig‘i, ikki yoki uchta ildizi bor. Kurak tishlar yuqori va pastki jag‘larning oldingi qismida 4 tadan joylashgan. Ular keskir uchli bo'lib, ovqatni tishlab, uzib olish va oziq moddalarini qirib olishga yordam beradi. Kurak tishlardan keyin jag‘laming har tomonida bittadan o‘tkir uchli yassi qoziq tishlar joylashgan. Qoziq tishlar yordamida qattiq ovqat moddalari uzib olmadi va maydalanadi. Qoziq tishlardan keyin jag'larning har tomonida 2 tadan kichik oziq va 3 tadan katta oziq tishlar joylashgan. Oziq tishlar yordamida ovqat chaynalib, maydalanadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning tishlari bo‘lmaydi. Taxminan 6 oylikdan boshlab uning birinchi sut tishlari paydo bo!ladi. 7-8 yoshlardan boshlab sut tishlari doimiy tishlar bilan almashina boshlaydi. 10—12 yoshga kelib tishlar almashinishi tugallanadi. Aql tishlari 18 yoshdan keyin chiqadi. Tishlar sog‘lom bo‘lishi uchun bir qancha gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur. Xususan, tishlarda yong‘oq yoki danaklar chaqish, suyak yoki qattiq kon- fetlarni chaynash, issiq ovqatdan so‘ng birdaniga sovuq suv ichish yoki muzqaymoq yeyish mumkin emas. Tishlar oralig‘ida qoladigan ovqat qoldiqlari mikroblarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Ovqat qoldiqlaridan tozalash uchun har kuni uyquga yotishdan oldin tishlami yuvish, ovqatdan so‘ng og‘izni iliq suv bilan chayish zarur. Tish cho‘tkasini sovun bilan yuvib, qaynoq suvda chayib turish lozim. Gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganida emal yemirilib, tish kasallanadi.