2.Organizmda oqsillar almashinuvining o’ziga xos xususiyatlari Oqsillar almashinuvi. Oqsillar organizmda xilma-xil funksiyani bajaradi. Ular hujayraning asosiy qurilish materiali bo‘lib, hujayra organoidlari ham oqsillardan iborat. Hujayrada sodir bo‘ladigan ko‘pchilik jarayonlar oqsillar bilan bog‘liq Oqsillar orqali kislorod to‘qimalarga olib boriladi; karbonat angidrid to‘qimalardan olib ketiladi. Hujayrada boradigan barcha kimyoviy reaksiyalarni oqsillar katalizlaydi. Immunitet hosil bo‘lishi, muskullarning qisqarishi va fer- mentli jarayonlar oqsillar bilan bog‘liq. Oqsillar tarkibiga 20 xil aminokislotalar kiradi. Ularning o‘zaro kombinatsiyasi natijasida xilma-xil oqsil molekulalari hosil bo‘ladi. Oqsillar ko‘pchilik o‘simlik va hayvon mahsulotlarida bo‘ladi. Ovqat hazm qilish naylarida oqsillar aminokislotalarga parchalanib, qonga o‘tadi. Hujayralarda aminokislotalardan organizm uchun zarur bo‘lgan oqsillar sintez bo'ladi. 1 g oqsil oksidlanib parchalanganda 4Д kkal energiya hosil boladi.
3. Jadvalni to’ldiring? (bu savolning javobini aniq bilmayman)
Vitaminlar
Suvda eriydigan vitaminlar
Yog’da eriydigan vitaminlar
A,B1,B2C
A,B1,B2
24–bilet 1.Odam gavdasi muskullari va ularning funksiyalari Odam tanasida 600 dan ortiq muskullar bor. Ular bosh, bo‘yin, tana, qo‘l va oyoq muskullaridir Bo'yin muskullariga teriosti, to‘sh-o‘mrov, so‘rg‘ichsimon, narvonsimon muskullar kirib, ular boshni harakatlantirish, katta va kichik ko‘krak muskullari qo‘lni yelkadan harakatlantirish, qovurg‘alar orasidagi muskullar nafas olishda ishtirok etadi. Qorin muskullari bir necha qavat joylashib, qorin devorini hosil qiladi. Bu muskullar umurtqa pog‘onasining bukilishida ishtirok etadi. Qorinning orqa tomonida joylashgan muskullar gavdani rostlashda qatnashadi. Qo‘l muskullari yelka kamari va qo‘lning o‘z muskullaridan iborat. Yelka suyagining oldingi tomonida qo'lni tirsakdan bukuvchi ikki boshli muskul, orqa tomonida qo‘lni tirsakdan yozuvchi uch boshli muskul bor. Oyoq muskullari sonning oldingi tomonida to‘rt boshli, orqa tomonida ikki boshli, boldirning orqa yuzasida uch boshli muskullar bo'ladi. To'rt boshli muskul oyoqni chanoqdan bukish, ikki boshli muskul oyoqni chanoqdan yozish, uch boshli muskul oyoqni tovondan bukish funksiyasini bajaxadi.