2.OITS haqida tushuncha bering. OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) hozirgi vaqtda jahon jamoatchiligini tashvishga solayotgan eng xavfli xastalikdir. OITS birinchi marta 1981-yil AQSHda ro'yxatga olingan. Kasallik qo'zg'atuvchisi odamda immunitet tanqisligi virusi deyilib, uni 19830yilda fransiyalik olim L. Montane aniqlagan. Odamda immunitet tanqisligi virusi sog' odamga OITS bilaan xastalangan bemordan hamda tanasida shu virusni tashib yuruvchi odamdan yuqadi. Yuqish yo'llari: jinsiy aloqa, o'pishish, tishlash, sterillanmagan shpris, igna, stomatologiya, ginekologiya, jarrohlik asboblari, kasal yoki virus tashib yuruvchi odamning qoni va qon zardobini qo'llashdan iborat. Hozirgi kunda OITS ni davolash, unga qarshi emlash usullari ishlab chiqilmagan.
3. Odam tinch turgan vaqtda bir minutda 18 marta nafas olsa o’pkaning minutlik ventilatsiyasini aniqlang. Bir soatlik o’pka ventilatsiyasi qancha bo’ladi? 18*3500=63000 63000*60=3780000
23-bilet 1.Buyrakning tuzilishini tushuntirib bering? Buyrak - bir juft loviyasimon organ. Uning sirti silliq, och qo'ng'ir tusda bo'ladi. Har bir buyrakning vazni o'rtacha 150 g keladi. Buyraklar tananing bel sohasida, umurtqa pog‘onasining ikki yonida joylashgan.Buyrakning ichki tomoni botiqroq bo'ladi. Botiq tomonida joylashgan chuqur- chasi - buyrak darvozasi orqali buyrakka arteriya va vena qon tomirlari, nervlar va limfa o‘tadi. Buyrak darvozasi buyrak ichi bo‘shlig‘i bilan tutashgan. Bo‘sh- liqda yupqa devorli ko‘p sonli kosachalar va buyrak jomi joylashgan. Sirtdan buyrak biriktiruvchi silliq to'qimadan iborat kapsula bilan o'ralgan. Buyrak jomi va kosachalarni yog‘ kletchatka o‘rab turadi. Buyrak kesmasida uning tashqi qoramtir buyrakpo'stlog'iva oqish ichki buyrak mag'zi qavatlari ko‘zga tashlanadi. Mag‘iz qavat konussimon oqish piramidalarda iborat. Po'stloqning qoramtir moddasi ana shu piramidalar asosini va ulaming oralig'ini to‘ldirib turadigan buyrak ustunchalarini hosil qiladi. Piramidalarning buyrak bo'shlig'iga o'girilgan uchki qismi kosachalar ichi- ga botib kiradigan so‘rg‘ichlarni hosil qiladi. So‘rg‘ichlarning uchki qismiga so‘rg‘ich naychalari yo‘li ochiladi. Naychalar orqalikosachalarga siydik oqib keladi. Kosachalar o‘zaro qo‘shilib, yagona siydik jomiga ochiladi.
Buyrak jomi buyrakning ichki mag‘iz qismida joylashgan. Buyrak jomi asta- sekin torayib, siydik yo‘liga o‘tadi. Buyrak kosasi va buyrak jomi devori shilimshiq parda bilan qoplangan. Jom devorida muskullar bo‘ladi. Siydik yo'lidiametri 6-8 mm va uzunligi 25-30 cm keladigan ikkita silindr shaklidagi naydan iborat, Naylar qorin bo‘shlig‘i orqa devori bo‘ylab joylashgan, chanoq sohasida qovuq bilan tutashgan