Quyida keltirilgan rasm orqali katta va kichik qon aylanish doiralarini ko’rsatibbering? Katta va kichik qоn aylanish dоirasining mоhiyati nimadan iborat?
3.Quyida keltirilgan rasm orqali katta va kichik qon aylanish doiralarini ko’rsatibbering? Katta va kichik qоn aylanish dоirasining mоhiyati nimadan iborat? . Katta va kichik qon aylanish doirasi sxemasi: yurak, 2 - aorta yoyi, 3 - aorta, 4 - organlarga ketadigan arteriyalar, 5 - oyoq arteriyasi, 6 - organlardagi kapillarlar,7- boshga ketadigan arteriya, 8 - boshdagi kapillarlar, 9 - pastki kovak vena, 10 - yuqori kovak vena,
11 - o‘pka arteriyasi, 12 - o‘pka kapillarlari, 13 - o‘pka venasi. 25-bilet 1.To‘qimalar va ularning o’ziga xos xususiyatlari To‘qimalar. Organizmda tuzilishi, kelib chiqishi va bajaradigan funksiyasiga ko‘ra o‘xshash bolgan hujayralar va hujayralar oralig‘i moddalari birgalikda to‘qimalarni hosil qiladi. Odam organizmida ham hayvonlardagi singari epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to‘qimalari mavjud (5-rasm). Epiteliy to'qimasi terining sirtqi qavatini hosil qiladi. Hazm qilish, nafas olish, ayirish organlari naylari devorining ichki yuzasini qoplab turadi. Epiteliy organlarni har xil ta’sirdan himoya qiladi, hazm suyuqligi ishlab chiqaradi. Epiteliy hujayralari tez yemirilishi sababli doimo yangilanib turadi. Biriktiruvchi to'qima har xil hujayralardan iborat. Hujayralar oralig£i mod- dasining holatiga ko‘ra suyuq (qon, limfa), qatliq (suyak, tog‘ay), tig‘iz tolali (chin teri, qon tomirlari devori, paylar), g'ovak tolali (teriosti yog1 kletchatkasi, yurak xaltasi) boladi. Biriktiruvchi to‘qima organlarni o‘zaro bog‘lash (qon, limfa, paylar), himoya qilish (qon, suyak, tog‘ay), oziq moddalar va kislorodni tashish (qon) funksiyasini bajaradi. Muskul lo'qimasi shakli o'zgargan hujayralar muskul tolalaridan iborat. Muskul to‘qimasi skelet va bir qancha ichki organlar bilan bog‘liq. Muskul tolalarining qisqarishi tufayli organlar harakatlanib, ish bajaradi. Nerv to'qimasi nerv hujayralari (ney- ronlar) va oraliq hujayralar (neyrogliya) dan iborat. Neyrogliya - yulduzsimon ko‘p o‘simtali mayda hujayralardan iborat. Nerv to‘qimasi organlami o‘zaro bog‘lab, ular funksiyasini boshqarib turadi.