30-bilet 1.Vitaminlar va ularning odam organizmidagi ahamiyati . Vitaminlar (lot. Vila - hayot va amin, hayot aminlari) - tirik organizmda juda muhim biokimyoviy va fiziologik funksiyalarni bajaradigan yuqori molekulali birikmalar. Vitaminlar lotin alifbosidagi А, В, C, D, E va boshqa bosh harflar orqali ifodalanadi. Vitaminlarni o‘rganishga rus olimi N.I. Lunin asos solgan. Bu terminni 1912-yilda polyak olimi K. Funk taklif etgan. Organizmda vitamin yetishmasligi avitaminoz deyiladi. Vitaminlar organizmda sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiya- lami kuchaytiradi va oziq moddalar o‘zlashtirilishiga ta’sir ko'rsatadi. Fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini ta’minlaydi. Organizmda vitamin yetishmaganida moddalar almashinuvi izdan chiqib, odamning mehnat qobiliyati, yuqumli kasalliklarga chidamliligi pasayadi. Vitaminlar organizmga juda kam miqdorda (sutkada bir necha mkg dan bir necha mg gacha) kerak. Ular organizmda sintezlanmaydi yoki juda kam sintezlanadi. Odam organizmi vitaminlarni, asosan, o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan oladi. Organizmda ayrim vitaminlaming hosil boMishida ichakda yashovchi mikroorganizmlar katta ahamiyatga ega. O'simliklarda vitamin hosil qiluvchi moddalar - provitaminlar (masalan, karotinoidlar) bor. Odam va hayvonlar organizmida ulardan vitaminlar hosil bo‘ladi.
2.Nerv sistemasining reflektorlik funksiyasini tushuntiringOrganizmga neyronlar o‘zaro tutashib, zanjir hosil qiladi. Tashqi yoki ichki muhit ta’sirida neyronlarda qo‘z- g‘alish sodir bo‘ladi. Qo‘zg‘alish nerv signallari holatida miyaga, miyadan esa organlarga uzatiladi. Nerv sistemasining qo‘zg‘alishni o‘tkazish xususiyati qo'z- g'aluvchanlik deyiladi. Qo‘zg‘alish sekundiga 4,4 m dan 100 m gacha tezlikda o‘tkazilishi mumkin. Qo‘zg£alish ta’sirida organizmda javob reaksiya - refleks hosil bo‘ladi