8-sinf 1-bilet Hujayraning kimyoviy tarkibi


–bilet 1. Bosh miya katta yarimsharlarining tuzilishi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə21/37
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90194
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
BIOLOGIYA FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2020 yil

19–bilet
1. Bosh miya katta yarimsharlarining tuzilishi Bosh miya o‘ng va chap yarimshardan iborat bo‘lib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Bosh miya yarimsharlari ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po‘stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat. Bosh miya katta yarimsharlari po‘stloq qavatining qalinligi 2,5 3,0 mm bo‘ladi. Po‘stloq tekis bo‘lmasdan, pushta va egatlardan iborat. Miya po‘stlogcining bunday tuzilishi nihoyatda ko‘p miqdorda nerv hujayralari joylashuviga imkon beradi. Binobarin, miya po‘stlog‘ida 14-16 mlrd hujayralar joylashgan.
Qizig‘i shundaki, miya po‘stlog‘i pushtalarining soni barcha odamda deyarli bir xil, lekin ularning tuzilishi bamisoli qo‘l kafti chiziqlari singari xilma-xil bo‘ladi. Agar miya po‘stlog‘ining pushta va egatlari yozib tekislansa, uning umumiy sathi 1468-1670 cm2 ni tashkil qiladi. Miya katta yarimsharlari peshana, chakka, tepa, ensa qismlariga bo‘linadi. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i mikroskopda tekshirilganda, undagi nerv hujayralari olti qavat bo‘lib joylashganligi aniqlangan.


2.Teri orqali sezishning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborot.
3.50 kg tana massali odam bir kecha – kunduzda ovqat hazm qilishga sarflaydigan
energiya miqdorini aniqlang?(shu savolning javobiga ishonchim komil emas, agarda javobini bilsangiz iltimos menga ayting)
2500kkal-----70kg
X--------------50kg X=(2500*50)/70
20-bilet

  1. Nafas olish organlarining tuzilishi

Nafas olish sistemasi havo o‘tkazuvchi yo‘llar (burun bo‘shlig‘i, halqum, hi- qildoq, kekirdak. bronxlar) va gaz almashinuv organi - o‘pkadan iborat. Burun bo‘shlig‘i suyak va tog‘ay to'siq bilan chap va o‘ng qismga ajralgan. Bo‘shliq devoridagi ilonizi yo‘llar uning yuzasini kengaytiradi. Burun bo‘shlig‘i devori shilliq parda bilan qoplangan. Shilliq pardada juda ko‘p tuklar, bezlar, kapillar qon tomirlari va nerv tolalari bo‘ladi. Tuklar nafas olinayotgan havodagi chang zarrachalarini tutib qoladi. Hiqildoq devori muskullar va bir necha tog‘aydan iborat. Yutinish paytida hiqildoq yo'lini hiqildoqusli tog'ayi berkitadi. Hiqildoqning ichki devorida joylashgan tog‘aylar o'rtasida ovoz paylari joylashgan. Kekirdak hiqildoqning davomi bo‘lib, uning oldingi devori yarim halqa tog'aydan, orqa devori qizilo‘ngachga yopishib turadigan yumshoq to‘qimadan iborat. Yumshoq to'qima yutilgan ovqatni qizilo'ngachdan o‘tishiga xalaqit bermaydi. Kekirdak ikkita bronxga ajralib, o'pkaga kiradi. Bronx­lar ham kekirdakka o‘xshash yarimhalqa naydan iborat Bronxlar o‘pkalarga kirgandan so‘ng ko‘p marta ketma-ket shoxlanib, ingichka naychalarni hosil qiladi. Naychalar uchi yupqa devorli mayda xaltachalar - alveolalar bilan tugaydi. Alveolalar devori bir qavat epiteliy hujayralaridan iborat bo'lib, mayda kapillarlar to‘ri bilan qoplangan.0‘pkalar ko‘krak bo‘shlig‘ini toidinb turadi. Ikkala o‘pkada 750 mln atrofida alveolalar bo‘ladi. Ularning umumiy yuzasi 100 m2 ga teng keladi. 0‘pkalar biriktiruvchi to‘qimadan iborat ikki qavat plevra bilan qoplangan. Plevralarning sirtqi qavati ko‘krak qafasi devorim ichki tomondan qoplab oladi, Uning ostidagi ichki plevra pardasi esa o'pkani o‘rab turadi.


  1. Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin