2.Muvozanat saqlash organining tuzilishi va funksiyasini tushuntiring? Muvozanat organi, ya’ni vestibular apparat tananing fazodagi holatini sezish va tana muvozanatini saqlash funksiyasini bajaradi.Vestibular apparat ichki quloqda joylashgan ikkita ovalsimon xaltacha va uchta halqasimon naychalardan iborat (87-rasm). Xaltachalar va naychalar ichidasuyuqlik va retseptorlar joylashgan. Bun- dan tashqari, xaltachalarda otolitlar - muvozanat toshchalari bo'ladi. Odam ha- rakatlanganida yoki boshini burganida xaltacha va naychalar ichidagi suyuqlik hamda otolitlar holati o'zgarib, retseptorlarda qo'zg'alish paydo bo‘ladi. Yarimdoira naylar aylanma harakatga sezgir boladi. Nerv impulslari vestibular nervlar va miya ko‘prigi orqali miyachaga va yarimsharlar po'stlog'iga uzatiladi.